Tanieva Guldona Mamanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVI−XIX asr o‘rtalarida haj ziyoratining O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy, mafkuraviy va ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar234.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVI−XIX asrning birinchi yarmida haj safarlarining O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVI−XIX asr birinchi yarmida Makkaga rasmiy va doimiy haj karvoni jo‘natishga xalifalik maqomidagi Misr va Usmoniy sultonlargina haqli sanalgani, O‘rta Osiyo hukmdorlari esa bunday huquqqa ega bo‘lmagani, shu bois ular tomonidan ayrim vaqtlardagina maxsus haj karvonlari tashkil etilgani aniqlangan;
O‘rta Osiyoda mahalliy hukmdor va shayxlardan tashqari “dalil” hamda “vakil” deb yuritilgan shaxslar haj ziyoratini tashkillashtirgani, haj safarini amalga oshirgan musulmonlarning ko‘pchilik qismi tasavvuf shayxlari, ularning muridlari, ziyoli va savdogarlardan iborat bo‘lgani, ziyoratchi ayollar esa kamchilikni tashkil etgani dalillab berilgan;
O‘rta Osiyo musulmonlari orasida hajga intilishning kuchliligi, ammo barcha uchun uni bajarish imkoni bo‘lmagani, bu holat haj bilan bog‘liq mahalliy ziyoratgohlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgani, XVI–XIX asrlarda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarini Makka bilan bog‘lagan shimoliy, janubiy hamda markaziy uchta asosiy haj yo‘llari yo‘nalishlari mavjud bo‘lgani, barcha yo‘llarda ziyoratchilar qatnovi uzluksiz davom etgani aniqlangan;
o‘rta asrlarda rasmiy haj karvonlarini tashkil etish, savdo hamda haj yo‘llari xavfsizligini ta’minlashga oid Amir Temur va Temuriylar yuritgan siyosat keyingi davr bilan qiyosiy tahlil qilinib, haj ziyorati uchun Misr hamda Usmoniy sultonlardan ruxsat olish, ziyoratchilarning Safaviylar davlati hamda Rossiya imperiyasi hududlarida erkin harakatlanishi, xavfsizligi masalalari hal qilinganligi, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining xalqaro aloqalarida haj masalalari muhim o‘rin tutganligi isbotlangan;
haj safarlari jarayonida siyosiy-mafkuraviy ta’sirlarning kuchayishidan xavfsiragan Rossiya imperiyasi, O‘rta Osiyo xonliklari bilan shia-sunniy mafkuraviy ziddiyatda bo‘lgan Safaviylar davlati ko‘pincha o‘z hududi orqali ziyoratchilar qatnoviga to‘siq qo‘ygani, ammo ularning O‘rta Osiyo bilan o‘zaro savdodan manfaatdorligi tufayli bu qatnovga keskin qarshilik qilmagani dalillab berilgan;
sunniy davlatlardan Usmoniylar va Boburiylar davlatlari tomonidan esa O‘rta osiyolik ziyoratchilarga hayrihoxlik ko‘rsatilgani va ularning Eron shialariga qarshi yagona ittifoqqa birlashishdek umumiy maqsad sari intilgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVI−XIX asrning o‘rtalarida haj ziyoratining O‘rta Osiyo xalqlari madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni masalasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XVI−XIX asr birinchi yarmida Makkaga rasmiy va doimiy haj karvoni jo‘natishga xalifalik maqomidagi Misr va Usmoniy sultonlargina haqli sanalgani, O‘rta Osiyo hukmdorlari esa bunday huquqqa ega bo‘lmagani, shu bois ular tomonidan ayrim vaqtlardagina maxsus haj karvonlari tashkil etilganligiga, haj safarlari jarayonida siyosiy-mafkuraviy ta’sirlarning kuchayishidan xavfsiragan Rossiya imperiyasi, O‘rta Osiyo xonliklari bilan shia-sunniy mafkuraviy ziddiyatda bo‘lgan Safaviylar davlati ko‘pincha o‘z hududi orqali ziyoratchilar qatnoviga to‘siq qo‘ygani, ammo ularning O‘rta Osiyo bilan o‘zaro savdodan manfaatdorligi tufayli bu qatnovga keskin qarshilik qilmaganiga oid ma’lumotlardan O‘zR FA Tarix institutida bajarilgan OT-F1–132 “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi tarixshunosligi: nazariyasi va shakllanishining tarixiy bosqichlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 3/1255-2274-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi o‘zbek davlatchiligi, diplomatiyasi tarixini kengroq yoritishga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyoda mahalliy hukmdor va shayxlardan tashqari “dalil” hamda “vakil” deb yuritilgan shaxslar haj ziyoratini tashkillashtirgani, haj safarini amalga oshirgan musulmonlarning ko‘pchilik qismi tasavvuf shayxlari, ularning muridlari, ziyoli va savdogarlardan iborat bo‘lgani, ziyoratchi ayollar esa kamchilikni tashkil etganiga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zR FA Tarix institutida amalga oshirilgan OT–F1–135 “XIX−XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 3/1255–2274-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘rta Osiyo xalqlari haj safarlarining xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar rivojiga ko‘rsatgan ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan;
ziyoratchilarning Rossiya imperiyasi, Safaviylar davlati hududlarida erkin harakatlanishini va xavfsizligini ta’minlash, Makkaga maxsus haj karvonlari jo‘natish uchun Misr hamda Usmoniy sultonlardan ruxsat olish kabilar Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining xalqaro aloqalarida muhim o‘rin tutgan masalalardan biri bo‘lganiga doir ma’lumotlardan O‘zR FA Tarix institutida bajarilgan I1–FA–G003 IZ-2015-0907175446-raqamli “O‘zbekistonda elchilik xizmati tarixidan lavhalar” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 3/1255-2274-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘rta Osiyo xonliklari ijtimoiy tarixi, o‘zbek davlatchiligi va diplomatiyasi tarixi masalalariga bag‘ishlangan monografiya mazmuni boyitilgan;
o‘rta asrlarda rasmiy haj karvonlarini tashkil etish, savdo hamda haj yo‘llari xavfsizligini ta’minlashga oid Amir Temur va Temuriylar yuritgan siyosat keyingi davr bilan qiyosiy tahlil qilinib, haj ziyorati uchun Misr hamda Usmoniy sultonlardan ruxsat olish, ziyoratchilarning Safaviylar davlati hamda Rossiya imperiyasi hududlarida erkin harakatlanishi, xavfsizligi masalalari hal qilinganligi, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining xalqaro aloqalarida haj masalalari muhim o‘rin tutganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Temuriylar tarixi davlat muzeyida bajarilgan FA–A–1–010 “Amir Temur ensiklopediyasini tuzish va nashrga tayyorlash” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 3/1255-2294-son ma’lumotnomasi). Natijalar ushbu ensiklopediya mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyo musulmonlari orasida hajga intilishning kuchliligi, ammo barcha uchun uni bajarish imkoni bo‘lmagani, bu holat haj bilan bog‘liq mahalliy ziyoratgohlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgani, XVI–XIX asrlarda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarini Makka bilan bog‘lagan shimoliy, janubiy hamda markaziy uchta asosiy haj yo‘llari yo‘nalishlari mavjud bo‘lgani, barcha yo‘llarda ziyoratchilar qatnovi uzluksiz davom etgani, sunniy davlatlardan Usmoniylar va Boburiylar davlatlari tomonidan esa O‘rta osiyolik ziyoratchilarga hayrihoxlik ko‘rsatilgani va ularning Eron shialariga qarshi yagona ittifoqqa birlashishdek umumiy maqsad sari intilganiga oid ma’lumotlardan “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Taqdimot” kabi ko‘rsatuvlari ssenariylarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 24 avgustdagi 40-40-1380-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tarixini, o‘zbek davlatchiligi va diplomatiyasi tarixini, o‘rta asrlarda kechgan ijtimoiy jarayonlarni yangi materiallar asosida keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga asos bo‘lgan.