Turgunova Gulru Todjiboevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual muloqotni kommunikativ xususiyatlari shaxs identifikatsiyasining shakllanish omili sifatida”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P231.
Ilmiy rahbar: Kudratullaeva Ruxsora Baxtiyarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Arapbaeva Damegul Qurbonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchik davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning shaxsiy identifikatsiyasini shakllanish omili sifatida virtual muloqotning kommunikativ xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolishlik bilan shaxsiy identifikatsiyaning ambivalentligi tufayli shaxsda ob’ektiv reallikni idrok etish,  sotsial ehtiyojlarini to‘la qondira olmay qolish, muloqot, o‘ziga nisbatan hurmat, o‘zining «Men»ini realizatsiya qilish imkoniyatlarini pasayishi hamda psixologik inqiroz holatlarida o‘z mayllarini boshqara olmaslik natijasida shaxsda virtual olamga tobelikning kuchayishi asoslangan;
talabalar virtual olamga addiksiyasining ijtimoiy psixoprofilaktikasida affiliyasiya, do‘stona va ish bilan bog‘liq kommunikatsiyaning ahamiyatini anglashga yo‘naltirish orqali  shaxs virtual muloqotida axborotlarni idrok etishning proksimal va distal omillariga ko‘ra ularning xulq-atvorini transformatsiyalash natijasida o‘z “Men”iga konstruktiv munosabatni va assertiv xulqning shakllantirilishi tufayli  virtual tobelikni  pasayishi isbotlangan; 
virtual muloqot muhiti uchun talabalarda o‘zini mustaqil tartiblovchi xulq-atvorni shakllantirish asosida maqsad qo‘yishning interiorizatsiyalashuvi  natijasida hayotdan ma’no izlash xohishini,  verbal va noverbal kommunikatsiyalarda faollikni ortganligi sababli internet tobelikning susayganligi va  shaxs identifikatsiyasining kuchayganligi  aniqlangan;
emotsional beqarorlik va virtual munosabatga empatiya hissining ijtimoiy-psixologik psixoprofilaktikasi  asosida ijtimoiy muhitda o‘zini noqulay his etadigan talabalar ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasini bartaraf etish natijasida virtual kommunikatsiyaga tobelik xavfi indikatorlari (yolg‘izlik, tortinchoqlik, xayolparastlik)ni kamaytirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual muloqotning kommunikativ xususiyatlari shaxs identifikatsiyasining shakllanish omili sifatida o‘rganishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolishlik bilan shaxsiy identifikatsiyaning ambivalentligi tufayli shaxsda ob’ektiv reallikni idrok etish, sotsial extiyojlarini to‘la qondira olmay qolish, muloqot, o‘ziga nisbatan hurmat, o‘zining «Men»ini realizatsiya qilish imkoniyalarini pasayishi xamda psixologik inqiroz holatlarida o‘z mayllarini boshqara olmaslik natijasida shaxsda virtual olamga tobelikning kuchayishi asoslanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 aprel` 21-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsiy identifikatsiyani shakllantirish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha trening dasturini tayyorlash va uning samaradorligini tekshirishga imkon yaratilgan.
talabalar virtual olamga addiksiyasining ijtimoiy psixoprofilaktikasida affiliyasiya, do‘stona va ish bilan bog‘liq kommunikatsiyaning ahamiyatini anglashga yo‘naltirish orqali  shaxs virtual muloqotida axborotlarni idrok etishning  proksimal va distal omillariga ko‘ra ularning xulq-atvorini transformatsiyalash natijasida o‘z “Men”iga konstruktiv munosabatni va assertiv xulqning shakllantirilishi tufayli  virtual tobelikni  pasayishi isbotlanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 aprel` 21-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologiya fanida shaxsiy identifikatsiyani shakllantirish aspektida virtual muloqotning kommunikativ xususiyatlari muammosini o‘rganishning nazariy va uslubiy tahlilini o‘tkazish imkoni yaratilgan.
virtual muloqot muhiti uchun talabalarda o‘zini mustaqil tartiblovchi xulq-atvorni shakllantirish asosida maqsad qo‘yishning interiorizatsiyalashuvi  natijasida   hayotdan ma’no izlash xohishini,  verbal va noverbal kommunikatsiyalarda faollikni ortganligi sababli internet tobelikning susayganligi va  shaxs identifikatsiyasining kuchayganligi aniqlanganligiga doir ma`lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 aprel` 21-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsiy identifikatsiyani shalkllantirish jarayonida virtual muloqotning kommunikativ xususiyatlarining roli va ahamiyatini belgilashga sharoit yaratilgan.
emotsional beqarorlik va virtual munosabatga empatiya hissining ijtimoiy-psixologik psixoprofilaktikasi  asosida ijtimoiy muhitda o‘zini noqulay his etadigan talabalar ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasini bartaraf etish natijasida   virtual kommunikatsiyaga tobelik xavfi indikatorlari (yolg‘izlik, tortinchoqlik, xayolparastlik)ni kamaytirilishi asoslanganligiga doir ma’lumotlar “Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 14 apreldagi PM-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsiy identifikatsiyani shakllantirish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha trening dasturini tayyorlash va uning samaradorligini tekshirishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish