Tursunova Odinaxon Azimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek badiy nutqining fonopoetik tadqiqi (she’riy asarlar misolida)», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil297.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Roziqova Gulbahor Zaylobiddinovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tilining fonopoetik vositalarini tasniflash, poetik matn tahlili orqali fonopoetik vositalarning nazariy asoslarini belgilash, bu vositalarning estetik, emotsional funksiyasini ko‘rsatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek she’riy nutqda geminatsiya, onomatopeya, anagramma, fonetik takror kabi fonopoetik vositalarning ahamiyati asoslangan;
poetik nutqni tushunish va tushuntirishda germenevtikaning metodologik roli belgilandi hamda poetik matn qurilishida unli va undosh tovushlarning emotsional-ekspressiv vazifalari asoslangan;
badiiy nutqda tovushlarning poetik, pragmatik va semantik funksiyalari, ularning konnotativlikni oshirishdagi ahamiyati aniqlangan;
o‘zbek she’r tizimida fonetik birlik vositasida poetik ifodani yuzaga chiqarishning fonopoetik omillari dalillangan;
hijo va ruknning she’r badiiy quvvatini oshirishdagi ahamiyati, ritm va qofiyaning she’r musiqiyligini ta’minlashdagi roli tovushdoshlik bilan belgilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek badiiy nutqining fonopoetik tadqiqi mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida natijalari:
badiiy nutqni shakllantiruvchi fonetik birliklar tadqiqida “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari“ mavzusidagi A-1-126-raqamli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 89-03-22-son ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalarning ilmiyligi ortdi;
masallarda tovushlarning poetik ma’no hamda ularning ramziy ifoda xususiyatlarini ochib berishda YoF 8-08-raqamli “Masal va masal tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturi grantida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 89-03-22-son ma’lumotnomasi). Natijada masallarning fonetik xususiyatlari bo‘yicha qarashlarning ilmiyligi oshirildi;
fonopoetik vositalarning ahamiyati xususidagi xulosalardan Andijon viloyat teleradiokompaniyasining efirga uzatilgan “Ijod gulshani” ko‘rsatuvi hamda “Andijon–FM” radiosining “Ko‘ngil bekati” radioeshittirish ssenariysida foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 29 yanvardagi 20-24/30-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.