Turakulov Buri Norboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar emotsional intellektining individual-tipik xususiyatlari”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi bo‘yicha (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P151.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdimumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Akramov Mirmuhsin Rustamovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar emotsional intellektining individual-tipik xususiyatlarini  ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning verbal va noverbal ekpressiya, emotsional kechinmalarni baholashga o‘rgatish orqali emotsional intellektining noverbal xulq-atvorni tushunish, muloqot ishtirokchisining fikrlarini tushunish, o‘zga insonlar kechinmalarini sezish kabi xususiyatlarini rivojlantirishda harakatlanish kuchi, qo‘zg‘alish kuchi, muvozanatlashganlik eng ta’sirchan individual-tipik xususiyatlar ekanligi dalillangan;
o‘quv faoliyatida talabalar emotsional intellekti umumiy intellektuallik va  individual-tipik xususiyatlarining erg, plastiklik, temp sifatlari ta’sirida konstruktiv mazmunda shakllanishi sababli ularda o‘zga insonlarning verbal va noverbal xulq-atvorni tushunish, emotsiyani identifikatsiyalash, emotsiyani tartibga solish xususiyatlarini kuchaytirishi asoslangan;
emotsional intellekt bilan individuallikning psixomotor. intellektual, kommunikativ faollik xususiyatlarining o‘zaro munosabatlari tufayli kasbiy va hayotiy vaziyatlarda boshqalarning hissiy kechinmalarini tezkor ravishda idrok etishida  talaba yigitlarda psixik barqarorlik xususiyatining kuchli bo‘lganligi sababli boshqalarga nisbatan talabchanlik, maksimalizm, boshqalarni kuzatishga nisbatan sezgirlikni,  talaba qizlarda senzitivlik xususiyatining ustunlikka egaligi sababli esa ijodiylik, yuqori fantaziya, kuchli intuisiyani ifodalanganligi yetakchi individual-tipik xususiyatdagi jinsga xos tafovutlari ekanligi aniqlangan; 
kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalar individualligining rasmiy-dinamik xususiyatlari bilan emotsional intellektini o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida bolalarga nisbatan empatiyali bo‘lish, kechinmalarga nisbatan sezuvchanlik, bolalar ekspressiyasini boshqara olishi (defektologiya), kommunikativ faollik, interpersonal emotsional intellekt va tuyg‘ularni boshqarish (boshlang‘ich ta’lim va sport ishi), empatiya, ekspressiyani boshqarish, shaxslararo emotsional intellekt, tuyg‘ularni tushunish, tuyg‘ularni boshqarish (pedagogika-psixologiya) qobiliyatlarining namoyon bo‘lishiga ko‘ra ta’lim yo‘nalishiga xos individual-tipik xususiyatlarni ifodalashi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar emotsional intellektining individual-tipik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
mimika, pantomimika va ekspressiyaga ko‘ra  muloqotda shaxsning noverbal va verbal xulq-atvorini tez tushunadigan talabalar orasida  asab tizimida qo‘zg‘alish kuchi yetakchi bo‘lganlarda  sotsial intellekt,  harakatlanish kuchi yuqori  bo‘lganlarda  noverbal xulq-atvorni tushunish va tormozlanish kuchi ustuvor bo‘lganlarda shaxslararo o‘zaro ta’sirlashuv xususiyati xos ekanligi isbotlanganligi haqidagi taklif va ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog psixologlarning pedagog shaxsi hamda pedagogik faoliyat bilan bog‘liq emotsianal intellekt haqidagi bilimlarini takomillashtirish orqali ularning kasbiy kompetentlik darajasini ortishiga erishilgan;
o‘quv faoliyatida talabalar emotsional intellekti umumiy intellektuallik va  individual-tipik xususiyatlarining erg, plastiklik, temp sifatlari ta’sirida   konstruktiv mazmunda shakllanishi sababli ularda o‘zga insonlarning verbal va noverbal xulq-atvorni tushunish, emotsiyani identifikatsiyalash, emotsiyani tartibga solish xususiyatlarini kuchaytirishiga doir ilmiy takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-son buyrug‘iga asosan “Umumiy  psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ishda keltirilgan takliflarni amaliyotga tadbiq etish natijasida Markazdagi laboratoriyalar ilmiy-metodik ta’minotining boyitilishiga va pedagog-psixologlarning emotsianal intellektini prognozlash imkoniyatini beruvchi ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
emotsional intellekt bilan individuallikning psixomotor. intellektual, kommunikativ faollik xususiyatlarining o‘zaro munosabatlari tufayli kasbiy va hayotiy vaziyatlarda boshqalarning hissiy kechinmalarini tezkor ravishda idrok etishida  talaba yigitlarda psixik barqarorlik xususiyatining kuchli bo‘lganligi sababli  boshqalarga nisbatan talabchanlik, maksimalizm, boshqalarni kuzatishga nisbatan sezgirlikni,  talaba qizlarda senzitivlik xususiyatining ustunlikka egaligi sababli esa ijodiylik, yuqori fantaziya, kuchli intuisiyani ifodalanganligi yetakchi individual-tipik xususiyatdagi jinsga xos  tafovutlari ekanligi aniqlanganligi bilan bog‘liq ilmiy takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-sonli buyrug‘iga asosan “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning “emotsional intellekti”, “kasbiy faoliyatga barqarorli”ni rivojlantirish borasidagi kasbiy kompetensiyalari takomillashtirilgan;
kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalar individualligining rasmiy-dinamik xususiyatlari bilan emotsional intellektini o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida bolalarga nisbatan empatiyali bo‘lish, kechinmalargan nisbatan sezuvchanlik, bolalar ekspressiyasini boshqara olishi (defektologiya), kommunikativ faollik, interpersonal emotsional intellekt  va tuyg‘ularni boshqarish (boshlang‘ich ta’lim va sport ishi), empatiya, ekspressiyani boshqarish, shaxslararo emotsional intellekt, tuyg‘ularni tushunish, tuyg‘ularni boshqarish (pedagogika-psixologiya) qobiliyatlarining namoyon bo‘lishiga ko‘ra ta’lim yo‘nalishiga xos individual-tipik xususiyatlarni ifodalashi dalillanganligi haqidagi ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-son buyrug‘iga asosan “Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya” moduli mavzulari mazmunini optimallashtirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Natijasida amaliyotchi psixologlarning pedagoglar jamoasi bilan kasbiy stressni bartaraf etishga qaratilgan psixopraflaktik va psixokorreksion tadbirlarni olib borish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv-uslubiy ta’minot bazasini optimallashtirishga erishilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish