Abdullaev Bobur Asqarjonovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqaruv kadrlarini saralashning ijtimoiy-psixologik mezonlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P188.
Ilmiy rahbar: Qudratullaeva Ruxsora Baxtiyarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jalilova Sabohat Xalilovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshqaruv kadrlarini saralashning ijtimoiy-psixologik mezonlarini shakllantirish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
saralash jarayonida ijtimoy bilim, ijtimoiy intuisiya, ijtimoiy prognozlash xususiyati yuqori bo‘lgan nomzodlar boshqaruv vaziyatlarni samarali yakunlashda strategik fikrlash, shaxslararo munosabat bilan bog‘liq muammolarda vaziyatning rivojlanishini tushunish va bu holatda insonlarning xulq-atvorini prognozlash, murakkab emotsional vaziyatlarda emotsional holatni anglash va xulq-atvorga o‘zini moslashtirish kabi ijtimoiy intellekt xususiyatlariga tayanishlari isbotlangan;
ijtimoiy-axloqiy etuklik darajasini aniqlash mezonlarini shakllantirishda rahbarning shaxslik xususiyatlarini motivatsiya va irodaviy sohalariga ko‘ra tizimlashtirilganda ijtimoiy faollik, uzoqni ko‘ra olish, mustaqillik (rahbar shaxsning motivatsiya sohasini), mas’uliyatlilik, adolatlilik, qat’iyatlilik, va sadoqatlilik (rahbar shaxsning irodaviy sohasini) asosiy sifatlari ekanligi aniqlangan;
muammoli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, verbal va noverbal ekspressiyalarni tahlil qilish, shaxslararo munosabatlarda o‘zini tutish vaziyatlarini baholashiga ko‘ra ijtimoiy intellekti yuqori bo‘lgan rahbarlikka nomzodlarda  kuchli nazorat, emotsional labillik, individuallik va nekbinlik, hayot samaradorligini ijobiy baholash va maqsadlarga muvofiq hayot kechirish qobiliyati yaxshi rivojlangan, xavotirlanish, ijtimoiy munosabatlardan o‘zini chetga olish va quyi emotsionallik esa past darajada shakllangan xususiyatlar ekanligi dalillangan;
ijtimoiy munosabatlardagi yetakchilik qobiliyati, o‘zi va boshqalarning his-tuyg‘ularini anglash hamda boshqarish xususiyatlari asosida rahbarning emotsional etukligini aniqlash mezonlarini shakllantirish uchun nomzodning faoliyati va shaxsini xolis baholashda emotsional vaziyatni hosil qilish, beixtiyor indikatorlar kiritish, kutilmagan vazifalar qo‘yish eng valid va reprezentativ yondashuvlar ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshqaruv kadrlarini saralashning ijtimoiy-psixologik mezonlari o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
saralash jarayonida ijtimoy bilim, ijtimoiy intuisiya, ijtimoiy prognozlash xususiyati yuqori bo‘lgan nomzodlar boshqaruv vaziyatlarni samarali yakunlashda strategik fikrlash, shaxslararo munosabat bilan bog‘liq muammolarda vaziyatning rivojlanishini tushunish va bu holatda insonlarning xulq-atvorini prognozlash, murakkab emotsional vaziyatlarda emotsional holatni anglash va xulq-atvorga o‘zini moslashtirish kabi ijtimoiy intellekt xususiyatlariga tayanishlari isbotlanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2022 yil V.F.37801382-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat boshqaruvidagi rahbar kadrlarini saralashning ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlashda foydalanilgan;
ijtimoiy-axloqiy etuklik darajasini aniqlash mezonlarini shakllantirishda rahbarning shaxslik xususiyatlarini motivatsiya va irodaviy sohalariga ko‘ra tizimlashtirilganda ijtimoiy faollik, uzoqni ko‘ra olish, mustaqillik (rahbar shaxsning motivatsiya sohasini), mas’uliyatlilik, adolatlilik, qat’iyatlilik, va sadoqatlilik (rahbar shaxsning irodaviy sohasini) asosiy sifatlari ekanligi aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 19 noyabrdagi   PM-21-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat boshqaruvidagi rahbar kadrlarini saralashning ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlashda foydalanilgan;
muammoli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, verbal va noverbal ekspressiyalarni tahlil qilish, shaxslararo munosabatlarda o‘zini tutish vaziyatlarini baholashiga ko‘ra ijtimoiy intellekti yuqori bo‘lgan rahbarlikka nomzodlarda  kuchli nazorat, emotsional labillik, individuallik va nekbinlik, hayot samaradorligini ijobiy baholash va maqsadlarga muvofiq hayot kechirish qobiliyati yaxshi rivojlangan, xavotirlanish, ijtimoiy munosabatlardan o‘zini chetga olish va quyi emotsionallik esa past darajada shakllangan xususiyatlar ekanligi dalillanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Sotsial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 19 noyabrdagi PM-21-son ma’lumotnomasi). Natijada kadrlarni saralashning ijtimoiy-psixologik mezonlariga oid metodik ta’minotini ishlab chiqishga erishilgan;
ijtimoiy munosabatlardagi yetakchilik qobiliyati, o‘zi va boshqalarning his-tuyg‘ularini anglash hamda boshqarish xususiyatlari asosida rahbarning emotsional etukligini aniqlash mezonlarini shakllantirish uchun nomzodning faoliyati va shaxsini xolis baholashda emotsional vaziyatni hosil qilish, beixtiyor indikatorlar kiritish, kutilmagan vazifalar qo‘yish eng valid va reprezentativ yondashuvlar ekanligi isbotlanganligiga doir amaliy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 19 noyabrdagi PM-21-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat boshqaruv organlari rahbar kadrlariga ko‘rsatilgan amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish