Norbekova Barno Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oilada bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Psi78.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Sog‘inov Nurmat Abdusamatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash asosida, etnopsixologik xususiyatlarning rivojlanishini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlarini rivojlanishida «etnik indentiklik» va «etnik bag‘rikenglik»ning shaxs sifatlariga integrativ shakllanishi tufayli milliy mansublikni anglashninig refleksiv komponenti muhim ijtimoiy omil ekanligi dalillangan;
shaxsdagi egotsentrik hususiyatlarning yoshga oid ravishda namoyon bo‘lishi tolerantlikning hissiy komponentini xulqiy transformatsiyada darajaviy ifodalanishi tufayli etnik identivlikni differensial rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omil ekanligi asoslangan;
ota-onalarning bolalar va o‘smirlardagi etnik xususiyatlarni baholashda «vatanparvarlik», «milliy o‘zlikni anglash», «milliy g‘urur» tuyg‘ularini milliy qiyofada differensial ifodalanishi tufayli xissiy komponent muhim mezon ekanligi asoslangan;
bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlari shakllanishi uchun «etnik identiklik», «etnik madaniyat», «etnik ijtimoiylashuv», «barkamollik», «empatiya», «etnik bag‘rikenglik» va ularning namoyon bo‘lish darajasini rivojlantirish muhimligi tufayli psixoprofilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlarini mentalitet xususiyatiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik aspektda olib borish zarur ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oilada bolalar va o‘smirlar shaxsida etnopsixologik xususiyatlar shakllanishi va rivojlanishida milliy mansublikni anglash, milliy qadriyatlar, oilaviy muhit, urf-odat, an’analar va ularga nisbatan munosabat, shaxs dunyoqarashi va tushunchasi kabi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash bo‘yicha olingan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM-24m-sonli buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarning oilada tarbiyalanayotgan bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik omillari haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan;
bolalar va o‘smirlar shaxsidagi egotsentrik - manmanlik, o‘z menini o‘zgalardan ustun qo‘yishga harakat qilish, milliylik yuzasidagi pand-nasihatlarni nazar-pisand qilmaslik, individual-psixologik - xulq-atvordagi o‘ziga xos o‘zgarishlar, yosh davri va shaxs xususiyatiga ko‘ra e’tiborsizlik, milliy xususiyatlarning mohiyatini anglab etmaslik, ijtimoiylashganlik va tarbiyalanganlik darajasi kabi xususiyatlarning ularda etnopsixologik sifatlar shakllanishiga o‘ziga xos tarzda ta’sir etishini o‘rganish asosida olingan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM-24m-sonli buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarda oilada bolalar va o‘smirlar shaxsidagi egotsentrik va individual-psixologik xususiyatlarning ularda etnopsixologik sifatlar shakllanishiga ta’siri to‘g‘risidagi etnopsixologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy-nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalarining oshishi ta’minlangan;
ota-ona va oila a’zolaridagi etnik xususiyatlar to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalari, ularning vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, milliy iftixor hisssi to‘g‘risidagi tushunchalarning bolalar va o‘smirlarda etnopsixologik xususiyatlarning rivojlanishiga ta’sirini empirik o‘rganish asosida aniqlangan natijalar va xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM-24m-sonli buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarning oilada tarbiyalanayotgan bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlari ortishiga erishilgan;
bolalar va o‘smirlarning etnopsixologik xususiyatlari shakllanishiga etnik identiklik, etnik madaniyat, etnik ijtimoiylashuv, barkamollik, empatiya, etnik bag‘rikenglik va ularning namoyon bo‘lish darajasining ta’siri empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya - o‘quv ilmiy markazining 2022 yil 24 dekabrdagi PM-24m-sonli buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarda oilada qo‘llaniladigan primetiv, avtoritar, bolalar va o‘smirlarni o‘z holiga tashlab qo‘yish va nazorat qilmaslik, milliy fazilat va xislatlarga rioya etish bo‘yicha ota-onalar namunaviy ta’sirining etishmasligi, tarbiya usullari ta’sirchanlik darajasining sustligi kabilar oilada bolalar va o‘smirlar shaxsidagi egotsentrik va individual-psixologik xususiyatlarning ularda etnopsixologik sifatlar shakllanishiga ta’siri to‘g‘risidagi etnopsixologik xususiyatlari bo‘yicha kasbiy kompetentlik darajasining oshishi sohasining sifat jihatdan o‘sishiga erishilgan.