Xoliqov Baxtiyor Xidirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali kurashchilarning texnik-taktik va  jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish texnologiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2343.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Artiqov Zoxidjon Sobirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor; Aliev Iskandar Baxromovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan Davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali kurashchilarning texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish uchun maxsus mashqlarni qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
malakali kurashchilarni musobaqa oldi tayyorgarlik davrida  hujum harakatlarini takomillashtirish uchun supirma va yiqitish texnik-taktik harakatlarni bajarishda har bir holatga tanlab yo‘naltirilgan maxsus mashqlarni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga bellashuvga tayyorgarlik taktikasini shakillantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
  malakali kurashchilarning musobaqa faoliyatidagi qiyin vaziyatlarda raqib hujumidan chiqib ketish va qarshi hujumni raqibga qarshi qo‘llashda qo‘l bilan oldinga raqibni itarish va aldamchi chalish usulini bajarish hisobiga  bellashuvni vaziyatini o‘z foydasiga hal etish imkoniyati kengaytirilgan; 
 malakali kurashchilarning musobaqalarga tayyorlashda  tik turgan holatda raqibni elkadan oshirib tashlash texnik usullarini bajarish intervalini vazn toifalari bo‘yicha me’yorlashtirish hisobiga asimetrik va simetrik holatlarda bellashuvni olib borish taktikasi takomillashtirilgan;
malakali kurashchilarning bellashuv jarayonidagi taktik hujum xarakatlarini optimallashtirish uchun oyoqni o‘rab orqaga yiqitish usullarini boshlang‘ich elementlarini aldamchi xarakatlarda qo‘llash hisobiga murakkab xujum harakatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida: 
supirma va yiqitish texnik-taktik harakatlarni bajarishda har bir holatga tanlab yo‘naltirilgan maxsus mashqlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Kurash nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi  418-sonli buyrug‘iga asosan  418-074 raqamli guvohnoma). Natijada tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining musobaqa faoliyati va texnik tayyorgarlik bo‘yicha 4 ta ko‘rsatkichi  18%ga yaxshilangan; 
malakali kurashchilarning musobaqa faoliyatidagi qiyin vaziyatlarda raqib hujumidan chiqib ketish va qarshi hujumni raqibga qarshi qo‘llashda qo‘l bilan oldinga raqibni itarish va aldamchi chalish usulini bo‘yicha takliflarga asosan ishlab chiqilgan dastur «O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Kurash fakulteti, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining kurash ixtisosligi»dagi sportchilarning mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 03-17-02-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, qarshi hujumda muvaffaqiyatli bajarilgan texnik usullar 12% ga oshganligi aniqlangan; 
tik turgan holatda raqibni elkadan oshirib tashlash texnik usullarini bajarish intervalini vazn toifalari bo‘yicha me’yorlashtirishga qaratilgan mashg‘ulot bo‘yicha amaliy tavsiyalar «O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Kurash fakulteti, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining  kurash ixtisosligi»dagi sportchilarning mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 03-17-02-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi kurashchilari tomonidan hujum harakatlarini bajarish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichlari  14%ga oshganligi aniqlangan; 
malakali kurashchilarning bellashuv jarayonidagi taktik hujum xarakatlarini optimallashtirish uchun oyoqni o‘rab orqaga yiqitish usullarini boshlang‘ich elementlarini aldamchi xarakatlarda qo‘llash bo‘yicha takliflar  «Kurash nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-074 raqamli guvohnoma). Natijada texnik harakatlarni bajarish uchun asosiy jismoniy sifat tajriba guruhida 19% ga yaxshilangan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 11% ni tashkil qilib, nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi mashg‘ulot yuklamalarining farqlari umumiy 8% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish