Abdullaev Mehriddin Junaydulloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim tizimida engil atletika bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilishning ilmiy – pedagogik asoslari (umumta’lim maktablari misolida)”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ped362.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy maslahatchi: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Rasmiy opponentlar: Usmonxo‘jaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida engil atletika bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning yosh xususiyatini inobatga olgan holda mashg‘ulot samaradorligini oshirish uchun mikro, mezo va makrotsikl o‘quv yuklamalarining shiddati, hajmi va me’yorlari nisbatlarini o‘zgartirish hisobiga shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va organizmini rivojlantirish, sog‘ligini mustahkamlash imkoniyatlari kengaytirilgan; 
engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi o‘quvchilar kompleks tayyorgarligi darajasini nazorat qilish, sport me’yorlarini bajarish uchun to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilishning pedagogik va uslubiy modeli o‘quv jarayoni funksional moduli tarkibiga nazorat – tuzatish bo‘limini qo‘shish hisobiga o‘quvchilarda mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiyasi va harakat tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
maktab engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi engil atletikachilar o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligi xolatini inobatga olgan holda harakatli o‘yinlar (yakka, juftlikdagi, jamoaviy, estafeta shaklidagi) tabaqalashtirilib, ularni mashg‘ulotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasini takomillashtirish hisobiga mashg‘ulotlar samaradorligi oshirilgan.
to‘garak mashg‘ulotlarida shug‘ullanuvchi 12-18 yoshli o‘quvchilarning tayyorgarlik tizimiga qayta tiklanish (nafas olish va mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar kompleksi) va nazorat sinovlari (tezkor, joriy va bosqichli) o‘tkazish tadbirlarini qo‘llash metodikasi takomillashtirilishi hisobiga engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi (boshlang‘ich tayyorlov va o‘quv-mashg‘ulot guruhida) o‘quvchilarining jismoniy (yuqori, o‘rtacha, past) va psixologik (yuqori, o‘rtacha, past) tayyorgarligining tashqi namoyon bo‘lishi orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik aniqlash hisobiga sportchilarning harakat tayyorgarligi va muloqotga kirisha olish qobiliyatini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan.
elektron hisoblash mashinalari dasturli tizimida ishlash faoliyatida elektron darsliklarni qo‘llash hisobiga individual rivojlanish imkoniyatlari, yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurash turlarida bajariladigan fazalarning negizi, zvenosi, detallari texnik harakatlarning traektoriyasi xususiyatlarini oson o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan hamda harakat va psixologik tayyorgarlik darajasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimida engil atletika bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilishning ilmiy – pedagogik asoslari (umumta’lim maktablari misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maktab engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning yosh xususiyatini inobatga olgan holda mashg‘ulot samaradorligini oshirish uchun mikro, mezo va makrotsikl o‘quv yuklamalarining shiddati, hajmi va me’yorlari nisbatlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar Buxoro shahar 30-son umumiy – o‘rta ta’lim maktabda engil atletika bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 06-01/06/13/7409-son ma’lumotnomasi). Natijada tezkor-kuch sifatlari 22 % ga, tezlik sifati 26 % ga, chaqqonlik sifati 31% ga, egiluvchanlik sifati 35% ga, chidamlilik sifati 38 % ga o‘sishiga erishilgan;
engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi o‘quvchilar kompleks tayyorgarligi darajasini nazorat qilish, sport me’yorlarini bajarish uchun to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilishning pedagogik va uslubiy modeli o‘quv jarayoni funksional moduli tarkibiga nazorat – tuzatish bo‘limini qo‘shish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Qorako‘l tumanidagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktab to‘garak mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 noyabr`dagi 06-01/06/13/7409-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘yinga bo‘lgan motivatsiyasi 30 % ga, o‘quv dasturiga bo‘lgan motivatsiyasi 21 % ga, jismoniy tarbiya va salomatlik haqida bilimlarni egallashga bo‘lgan motivatsiyasi 22 % ga o‘sishiga erishilgan;
maktab engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi engil atletikachilar o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligi xolatini inobatga olgan holda harakatli o‘yinlar (yakka, juftlikdagi, jamoaviy, estafeta shaklidagi) tabaqalashtirilib, ularni mashg‘ulotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasi bo‘yicha takliflar Buxoro shahar 6-son umumiy-o‘rta ta’lim maktab engil atletika to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 noyabr`dagi 06-01/06/13/7409-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-sinf (o‘g‘il bolalar) o‘quvchilarining tezkor-kuch sifatlari 30 % ga, tezlik sifati 22 % ga, chaqqonlik sifati 24 % ga, egiluvchanlik sifati 28% ga, chidamlilik sifati 34 % ga o‘sishiga erishilgan;
to‘garak mashg‘ulotlarida shug‘ullanuvchi 12-18 yoshli o‘quvchilarning tayyorgarlik tizimiga qayta tiklanish (nafas olish va mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar kompleksi) va nazorat sinovlari (tezkor, joriy va bosqichli) o‘tkazish tadbirlarini qo‘llash metodikasi takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Buxoro shahar 10-son umumiy-o‘rta ta’lim maktab engil atletika to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 noyabr`dagi 06-01/06/13/7409-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning psixologik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha o‘yinga bo‘lgan motivatsiyasi 26 % ga o‘sishga erishilgan;
engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchi (boshlang‘ich tayyorlov va o‘quv-mashg‘ulot guruhida) o‘quvchilarining jismoniy (yuqori, o‘rtacha, past) va psixologik (yuqori, o‘rtacha, past) tayyorgarligining tashqi namoyon bo‘lishi orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik aniqlash hisobiga sportchilarning harakat tayyorgarligi va muloqotga kirisha olish qobiliyatini rivojlantirish metodikasi Romitan tuman 1-son IDUM engil atletika to‘garagida shug‘ullanuvchi 6-7 sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 noyabr`dagi 06-01/06/13/7409-son ma’lumotnomasi). Natijada salomatlini mustahkamlash bo‘lgan motivatsiyasi 23 % ga o‘sishiga erishilgan;
elektron hisoblash mashinalari dasturli tizimida ishlash faoliyatida elektron darsliklarni qo‘llash hisobiga individual rivojlanish imkoniyatlari, yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurash turlarida bajariladigan fazalarning negizi, zvenosi, detallari texnik harakatlarning traektoriyasi xususiyatlarini oson o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan 233-0011-raqamli guvohnoma). Natijada jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasiga asosan 8-9-sinf (o‘g‘il bolalar) o‘quvchilarining tezkor-kuch sifatlari 28 % ga baho olishga bo‘lgan motivatsiyasi 12 % ga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish