Karimov Xojiakbar Axtamkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh gimnastikachilarni texnik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.RhD /Ped1455.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022. Ped.146.01. 
Ilmiy rahbar: Eshtaev Anvar Kurganovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori professor; Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich, pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashq bosqichidagi 11-13 yoshli gimnastikachilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yosh gimnastikachilar uchun ko‘pkurash turlarida bajariladigan tebranish mashqlari, qo‘llarni harakatda snaryadlardan qo‘yib yuborish va qayta ushlash holatlari, aylanish va  statik harakat elementlar texnikasining tarkibiy qismlariga yo‘naltirilgan eksentrik (kam hajmli yuqori shiddatli) mashqlarni mashg‘ulotga kiritish hisobigi maxsus kuch majmuasidan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasini aniqlovchi shaxsiy xarita asosida gimnastikaning ko‘pkurash turlarida bajariladigan elementlarni murakkabligi snaryadlardagi yuklamalarning tuzilishi va mazmuni maxsus tayyorgarlik darajasi bo‘yicha optimallashtirish hisobiga kunlik va haftalik mikrotsikl yuklamalari takomillashtirilgan;
11-13 yoshli gimnastikachilarning musobaqa elementlar (S+S, S+D) texnikasiga o‘rgatishda maxsus mashqlarni texnik tayyorgarlik va jismoniy harakatlariga nisbatan ta’sir darajasini belgilab beruvchi texnologiyani (snaryad uchun birlamchi bo‘lgan mashqlarga texnik harakatlarga mutonosibligi) ishlab chiqish hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarligi takomillashtirilgan;  
gimnastikaning ko‘pkurash musobaqalarida kiritilgan murakkab koordinatsion dinamik harakatlar, uchishlar, burulishlar tayanish va tayanchsiz fazadagi elementlarni mustaqil bajarish mahoratini egallashga dastlabki, asosiy va yakunlovchi fazalarni shakllantiradigan yaqinlashtiruvchi hamda rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish hisobiga mashg‘ulotlarni ketma-ket qo‘llash imkoniyati optimalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh gimnastikachilarni texnik tayyorgarligini takomillashtirish uchun ko‘pkurash turlarda bajariladigan maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
yosh gimnastikachilar uchun ko‘pkurash turlarida bajariladigan tebranish mashqlari, qo‘llarni harakatda snaryadlardan qo‘yib yuborish va qayta ushlash holatlari, aylanish va  statik harakat elementlar texnikasining tarkibiy qismlariga yo‘naltirilgan eksentrik (kam hajmli yuqori shiddatli) mashqlarni mashg‘ulotga kiritish bo‘yicha takliflar Toshkent shahar gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilar o‘quv mashg‘ulotlarga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 31 yanvardagi 03-17-02-931-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 20,8% ga oshgan;
gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasini aniqlovchi shaxsiy xarita asosida gimnastikaning ko‘pkurash turlarida bajariladigan elementlarni murakkabligi snaryadlardagi yuklamalarning tuzilishi va mazmuni maxsus tayyorgarlik darajasi bo‘yicha optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Respublika oliy sport mahorati maktabi mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 31 yanvardagi 03-17-02-931-son ma’lumotnomasi). Natijada gimnastikachilarning haftalik yuklamalari hajm va shiddatini taqsimlash hisobiga sportchilarni musobaqaga tayyorlash imkoniyati 18,3 % ga yaxshilangan;
11-13 yoshli gimnastikachilarning musobaqa elementlar (S+S, S+D) texnikasiga o‘rgatishda maxsus mashqlarni texnik tayyorgarlik va jismoniy harakatlariga nisbatan ta’sir darajasini belgilab beruvchi texnologiyani (snaryad uchun birlamchi bo‘lgan mashqlarga texnik harakatlarga mutonosibligi) ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Toshkent shahar gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilar o‘quv mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 31 yanvardagi 03-17-02-931-son ma’lumotnomasi). Natijada gimnastikachilarning 11-13 yoshli gimnastikachilarda umumiy jismoniy tayyorgarligini 11,4%ga maxsus jismoniy tayyorgarligi 3,72 ballga yaxshilangan;
gimnastikaning ko‘pkurash musobaqalarida kiritilgan murakkab koordinatsion dinamik harakatlar, uchishlar, burulishlar tayanish va tayanchsiz fazadagi elementlarni mustaqil bajarish mahoratini egallashga dastlabki, asosiy va yakunlovchi fazalarni shakllantiradigan yaqinlashtiruvchi hamda rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish bo‘yicha tavsiyalar Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi shug‘ullanuvchilar o‘quv mashg‘ulotlar dasturiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 31 yanvardagi 03-17-02-931-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh gimnastikachilarning texnik tayyorgarligi 18,6 % yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish