Bektorov Ozodbek Yoqupbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv-mashg‘ulot guruhi futbolchilarining taktik tayyorgarligini oshirish”, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped442.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti, PhD.33/01.02.2022. Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Achilov Abdulla Manofovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Talipjanov Askar Imamjanovich, pedagogika fanlari nomzodi professor; Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchilar mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida taktik tayyorgarligini nazorat qilish orqali o‘yin samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi mashg‘ulot usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv tayyorlov guruhi futbolchilarining o‘yin epizodlariga yaqinlashtirilgan guruhli va jamoaviy harakatlarni o‘zaro tartibli bajarishga yo‘naltirilgan standart holatdan boshlanadigan kombinatsiyalarni rivojlantirishning turli xil variantlarini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga musobaqalardagi taktik o‘yin rejasini amalga oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh futbolchilarning nazariy mashg‘ulotlarida “Taktikal board” platformasida murakkab taktik vaziyatlarni hal etishga qaratilgan tizimlarni ishlab chiqish hisobiga futbolchilarning oldindan o‘ylangan taktik harakatlarini samarali yuzaga keltirish imkoniyati oshirilgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi shug‘ullanuvchilarining taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun maydondagi pozisiyalarini o‘zgartirib belgilangan sur’atni aniq bajarishga qaratilgan, oldindan o‘zlashtirilgan mashqlarni noqulay vaziyatlarda qo‘llashga majbur qiluvchi sharoitlarni yaratish hisobiga ularning maydondagi fikrlash qobiliyatlari kengaytirilgan;
yosh futbolchilarning hujum va himoya hududlarida o‘tkaziladigan taktikaga doir nazariy bilimlar hajmini kengaytirishga qaratilagan “Futbolchilarning taktik fikrlash qobiliyatini aniqlash” tuzilmasini ishlab chiqish hisobiga texnik-taktik harakatlar samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh futbolchilarni taktik o‘yin usullarini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
o‘quv tayyorlov guruhi futbolchilarining o‘yin epizodlariga yaqinlashtirilgan guruhli va jamoaviy harakatlarni o‘zaro tartibli bajarishga yo‘naltirilgan standart holatdan boshlanadigan kombinatsiyalarni rivojlantirishning turli xil variantlarini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga musobaqalardagi taktik o‘yin rejasini amalga oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston “(U-16)” terma jamoasi futbolchilarning taktik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan nazariy taktik ko‘rsatmalarni amaliy mashg‘ulotlardan oldin o‘tkazish talabi tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 martdagi 03-08-08-380-son ma’lumotnomasi). Natijada terma jamoa o‘yinchilarning hujum va himoya zonasidagi taktik rejalar samaradorligi 12 % oshgan;
yosh futbolchilarning nazariy mashg‘ulotlarida “Taktikal board” platformasida murakkab taktik vaziyatlarni hal etishga qaratilgan tizimlarni ishlab chiqish hisobiga futbolchilarning oldindan o‘ylangan taktik harakatlarini samarali yuzaga keltirish bo‘yicha takliflar “Spartak” (U-14) yosh futbolchilarining taktik bilimlarni baholash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 martdagi 03-08-08-380-son ma’lumotnomasi). Natijada “Spartak” (U-14) yosh futbolchilarining jamoa hujumlarni tashkil etishdagi samarali taktik harakatlari 11-14% yaxshilangan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi shug‘ullanuvchilarining taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun maydondagi pozisiyalarini o‘zgartirib belgilangan sur’atni aniq bajarishga qaratilgan, oldindan o‘zlashtirilgan mashqlarni noqulay vaziyatlarda qo‘llashga majbur qiluvchi sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflar “Paxtakor” futbol akademiyasining 14 yoshli futbolchilarining o‘quv mashg‘ulotlarida nazariy mashg‘ulotlarda tahlil qilish usullari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 martdagi 03-08-08-380-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘yin jarayonidagi taktik samaradorlik 10-11% oshganligi hisobiga Paxtakor futbol akademiyasining 14 yoshli jamoasi Toshkent shahar chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan;
yosh futbolchilarning hujum va himoya hududlarida o‘tkaziladigan taktikaga doir nazariy bilimlar hajmini kengaytirishga qaratilagan “Futbolchilarning taktik fikrlash qobiliyatini aniqlash” tuzilmasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Zangiota tumani BO‘SMning 14 yoshli futbolchilarining o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 martdagi 03-08-08-380-son ma’lumotnomasi). Natijada BO‘SMning 14 yoshli futbolchilarini musobaqa faoliyatidagi texnik-taktik harakatlar samaradorligi 10-12 % oshgan.