Mo‘minov Abrorbek Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali gandbolchilarda maxsus mashqlarni qo‘llash asosida texnik tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped838.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Tulaganov Shuxrat Furqatjanovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jammatov Jasurbek Sharipovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gandbolchilarda muvozanat saqlash turg‘unligi, vaqt-oraliqni farqlash va to‘p otish aniqligini ixtisoslashtirilgan mashqlar yordamida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
malakali gandbolchilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlashda muvozanat saqlash turg‘unligi va vaqt-oraliqni farqlash hamda to‘p otish aniqligini takomillashtirishga qaratilgan harakatlanayotgan nishonga bir yoki ikki qadamdan so‘ng qo‘lni silkitib to‘p otish kabi mashqlarni kiritish hisobiga maxsus tayyorgarlikni oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bir vaqtning o‘zida reaksiya ko‘rsatish va muvozanat saqlashga qaratilgan tor tayanch ustida raqib harakatlariga qarshi harakat ko‘rsatib aldab o‘tish mashqlarini mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga koordinatsion qobiliyatlari takomillashtirilgan;
malakali gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib turli yo‘nalishlardagi mashg‘ulot yuklamalarini takomillashtirish uchun rivojlantiruvchi hamda yondashtiruvchi mashqlarni o‘yinchilarning qayta tiklanish tezligi bo‘yicha ratsional tuzilishini ishlab chiqish hisobiga asosiy musobaqalarga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
malakali burchak o‘yinchilarining o‘yin ampluasini inobatga olgan holda vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishi hamda hujum hududlaridan birida qulay vaziyat yaratishi uchun taktik kombinatsiyalarni va fazalarini uzluksizligini bir-biriga bog‘lash hisobiga musobaqalarda taktik tayyorgarlik imkoniyatlari kengaytirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali gandbolchilarda muvozanat saqlash turg‘unligi, vaqt-oraliqni farqlash va to‘pni nishonga otish aniqligining shakllanish sur’atini joriy tadqiqotlar hamda pedagogik tajriba yordamida o‘rganish asosida:
malakali gandbolchilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlashda muvozanat saqlash turg‘unligi va vaqt-oraliqni farqlash hamda to‘p otish aniqligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar (Sport pedagogik mahoratini oshirish) “Gandbol” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosidagi 110/100-raqamli guvoxnoma). Natijada maxsus tayyorgarligi o‘ng qo‘l bilan vaqt-oraliqni farqlash aniqligi 15,83% gacha, chap qo‘l bilan 20,78%ga oshgan;
koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bir vaqtning o‘zida reaksiya ko‘rsatish va muvozanat saqlashga qaratilgan tor tayanch ustida raqib harakatlariga qarshi harakat ko‘rsatib aldab o‘tish mashqlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Andijon olimpiya zaxiralari kolleji Gandbol mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021 yil, 25 dekabrdagi 03-17-02/19-son ma’lumotnoma). Natijada muvozanat saqlash turg‘unligi 21,67% gacha ortgan;
turli yo‘nalishlardagi mashg‘ulot yuklamalarini takomillashtirish uchun rivojlantiruvchi hamda yondashtiruvchi mashqlarni o‘yinchilarning qayta tiklanish tezligi ratsional tuzilishi bo‘yicha takliflar (Sport pedagogik maxoratini oshirish) “Gandbol” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosidagi 110/100-raqamli guvoxnomasi). Natijada gandbolchilarda muvozanat saqlash va to‘p otish aniqligi esa 29,77% gacha o‘sgan;
malakali burchak o‘yinchilarining o‘yin ampluasini inobatga olgan holda vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishi hamda hujum hududlaridan birida qulay vaziyat yaratishi uchun taktik kombinatsiyalarni va fazalarini uzluksizligini bir-biriga bog‘lash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 03-17-02/19-son ma’lumotnomasi). Natijada uzoq xududdan amalga oshirilgan hujumlar 6,80% ga, yaqin xududdan esa 9,47% gacha ortganligi kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish