Xasanov Islom Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pul`pitning surunkali shakllari bo‘lgan bemorlarga neyrostomatologik yordamni optimallashtirish», 14.00.21-Stomatologiya, 14.00.33-Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD /Tib1911.
Ilmiy rahbarlar: Pulatova Barno Juraxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xaydarov Nodir Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Navvar xalq universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali pulpitni davolash va reabilitatsiya qilish kompleksini takomillashtirish, yuzning atipik og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda neyrostomatologik xolatni tuzatishni baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pul`pitning o‘tkirlashuvi davrida stress va qo‘rquv xissi yuzaga kelishi tufayli psixo-emotsional holat zo‘rayishlarni minimallashtirish, yuqori qon bosimi bo‘lgan bemorlarda shoshilinch stomatologik yordam ko‘rsatishning klinik ko‘nikmalari davolashning an’anaviy yondashuv usullari isbotlangan;
surunkali pul`pit bilan og‘rigan bemorda o‘tkir og‘riq sindromli ruhiy zo‘riqishni oldini olish, tishlarning vestibulyar yuzasidagi o‘zgarishlarni baholash, bemorlar qabul qatnovi sonini va davolash uchun sarflanadigan mablag‘lar foizini kamaytirish orqali bir martalik stomatologik qabul tashkil qilingan;
o‘tkir og‘riq sindromli kechuvchi pul`pitda bemor emotsional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan zo‘riqish natijasida bemorlarda ruhiy stressni yuzaga keltiruchi immunologik mieloperoksidaza o‘zgarishlar isbotlangan;
surunkali pul`pitning asorati natijasida yuzaga keluvchi atipik yuz og‘rig‘i bilan xastalangan bemorlarni kompleks usulda davolashning xavotirli xolatlarini meyorlashtirib stomatologik qabulni samaradorli o‘tkazilish imkoni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
surunkali qaytalanuvchi pulpitlarni tashhislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali pulpit fonida surunkali qaytalanuvchi pulpitni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali qaytalanuvchi pulpitlarni tashxislashda yallig‘lanish markerlarining o‘rni va ahamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/850-son ma`lumotnomasi). Uslubiy tavsiyalar surunkali qaytalanuvchi pulpitni tashhislashda antistreptolizinning tutgan o‘rni va ahamiyatini asoslash imkonini bergan;
surunkali pulpit bor bemorlarda surunkali qaytalanuvchi pulpitni fotodinamoterapiya yordamida davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali qaytalanuvchi pulpitni kompleks davolashda fotodinamik muolaja” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/849-son ma`lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanomalar fotodinamik muolaja yordamida surunkali qaytalanuvchi pulpitni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
surunkali pulpitni tashhislash va davolashda olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxri OOO QOBILJON DENT SERVICE amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 20 iyun` 2022 yildagi 8n-z/315-son ma`lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi surunkali pulpiti bor bemorlarda kechadigan tungi og‘riqlar qisqa muddat ichida davolash, qaytalanishlar sonini kamaytirish va remissi davrining uzayishiga erishishga imkon yaratgan.