Shomurodova Gulchexra Xurshidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parodontning qo‘shma yalig‘lanishli-destruktiv zararlanishlarni kompleks davolashni optimallashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1736.
Ilmiy rahbar: Yusupalixodjaeva Saodat Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybulina Rasima Rashidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Kuban` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parodontning qo‘shma yalig‘lanishli-destruktiv zararlanishlarini davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parodont qo‘shma yallig‘lanishli-destruktiv zararlanishlarining klinik ko‘rsatkichlarini miqdoriy jihatdan baholashning balllik shkalasi ishlab chiqilgan;
morfologik va mikrobiologik tadqiqotlarda furasol yordamida kanal ichi endodontik fotodinamik terapiyani o‘tkazishda ishlab chiqilgan optik moslamani klinik amaliyotda qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
ilk bor in vitro tajribasida magnitli-infraqizil lazer (MIQ) va «Furasol» antiseptigini kanal ichi ta’sirida tishning qattiq to‘qimalarining tuzilishiga zarar etkazmagan holda, ildiz kanalidagi fakul`tativ anaerob mikroorganizmlarning titri sezilarli darajada kamayishi hamda og‘iz bo‘shlig‘ining nospesifik rezistentligini oshishi aniqlangan;
parodontning qo‘shma yallig‘lanishli destruktiv zaralanishni umumiy qabul qilingan mahalliy davolashdan, ishlab chiqilgan algoritmning o‘rtacha umumiy klinik samaradorligi ishonchli darajada 42,65%ga oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parodontning qo‘shma yallig‘lanishli destruktiv zararlanishlarini kompleks davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parodontning qo‘shma yallig‘lanishli destruktiv zararlanishlarini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parodontning qo‘shma yallig‘lanishli destruktiv zararlanishlarini davolashga differensirlangan yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/150-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma parodontning qo‘shma yallig‘lanishli-destruktiv zararlanishlarida etiopatogenetik terapiya samaradorligini oshirish, tashhislash va davolash muddatlarini qisqartirish, remissiya muddatini uzaytirish imkonini bergan;
parodontning qo‘shma yallig‘lanishli destruktiv zararlanishlarini klinik kechishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parodontning qo‘shma yallig‘lanishli destruktiv zararlanishlarini klinik kechishi xususiyatlarini tashhislashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 martdagi 8n-r/261-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma parodontning qo‘shma zararlanishlarini davolashning taklif etilgan usullarini samaradorligini oshirish bilan guruh o‘rtacha ko‘rsatkichlari dinamikasini o‘rnatishga imkon bergan;
parodontning qo‘shma yalig‘lanishli-destruktiv zararlanishlarni kompleks davolashni bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi o‘quv, ilmiy-amaliy markazi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 apreldagi 8n-d/171-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi parodontning qo‘shma yallig‘lanishli-destruktiv zararlanishlarini davolash muddatlarini qisqartirish va samaradorligini oshirish imkonini bergan.