Maxmonov Lutfulla Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Helicobacter Pylori bilan assotsiyalangan temir va vitamin V12 tanqisligi kamqonliklarini davolash tamoyillarini muvofiqlashtirish hamda ularga moyillik tug‘diruvchi tashqi omillarni baholash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar va 14.00.33 – Jamoat salomatligi. Sog‘liqni saqlash menejmenti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2228.
Ilmiy rahbarlar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Helicobacter Pylori bilan assotsiyalangan turli og‘irlik darajadagi temir va vitamin V12 tanqisligi kamqonligi mavjud bemorlarni davolash tamoyillarini yaratish hamda ularga moyillik tug‘diruvchi tashqi omillarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Helicobacter Pylori bilan assotsiyalangan temir tanqisligi kamqonligining turli og‘irlik darajalaridagi xavf guruxlarini xisobga olgan holda davo usullari takomillashtirilgan;
vitamin V12 tanqisligi kamqonligi Helicobacter Pylori bilan assotsiyalanganda moyillik tug‘diruvchi tashqi omillarni baholash orqali turli og‘irlik darajalarini davolash asoslangan;
birlamchi tizim sharoitida sog‘lom turmush tarziga (sigareta va nos chekish, ovqatlanish tartibi) amal qilmaslik, organizmda Helicobacter Pylorini ko‘payishi va kamqonlik rivojlanishining xavf omillari orasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
kamqonlik bilan kasallangan bemorlarda birlamchi tizim hamda shifoxona sharoitida moyillik tug‘diruvchi tashqi omillarni erta tashxislash va bosqichma bosqich davolashni maqsadli amalga oshirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Helicobacter Pylori bilan assotsiyalangan temir va vitamin V12 tanqisligi kamqonliklarini davolash tamoyillarini muvofiqlashtirish hamda ularga moyillik tug‘diruvchi tashqi omillarni baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Helicobacter Pylori bilan assotsiyalangan temir tanqisligi kamqonligini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Helicobacter Pylori bilan assotsiyalangan temir tanqisligi kamqonligini davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 8n-r/972-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Helicobacter Pylori negizida rivojlangan temir tanqisligi kamqonligini samarali davolash imkonini bergan;
Helicobacter pylori bilan assotsiyalangan temir va vitamin B12 tanqisligi kamqonliklarini davolash tamoyillarini muvofiqlashtirish hamda ularga moyillik tug‘diruvchi tashqi omillarni baholash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya va terapiya, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi terapiya, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi terapiya bo‘limlarida sog‘liqni saqlash amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 08-39259-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi kasallik xavf omillarini erta aniqlash, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga va ularning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon bergan.