Sultonova Lola Djaxonkulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tajribada nurlanish ta’sirida ichki a’zolar qiyosiy morfologik tavsifi va profilaktik biokorreksiyaga yangicha yondashuv”, 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib591.
Ilmiy maslahatchi: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01. raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professori; Izranov Vladimir Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Sog‘liq bilimlar universiteti (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy tadqiqotlarda nurlanish ta’sirida ichki a’zolar kiyosiy morfologik tavsifi va profilaktik biokorreksiyaga yangicha yondashuv yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bir marta 5 Grey dozada o‘tkir nurlanish olgan oq zotsiz kalamushlar gepatotsitlarida yog‘li va gidropik distrofiya, monotsellyulyar o‘choqlar, yirik steatogepatotsitlar borligi, markaziy vena atrofi sinusoidal bo‘shliqlari kengaygani aniqlangan; 
o‘tkir nurlanish olgan laboratoriya hayvonlari timusidagi morfologik o‘zgarishlar uchrash intensivligi yuqoriligi o‘tkir nurlanishning timusga salbiy ta’siri borligini isbotlagan; surunkali nurlanish ta’sirida timus kortikal sohasi maydoni kichrayishi, mag‘iz qavati kengayishi, destruktiv-degenerativ o‘zgargan tanachalar qayta shakllanishi, Gassal tanachalari kamayishi, orttirilgan ikkilamchi involyusiyaning rivojlanishi kabi morfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
o‘tkir nurlanish olgan tajriba hayvonlari talog‘idagi 11 ta morfologik belgidan 9 tasi intakt hayvonlarga nisbatan ishonarli ko‘p uchrashi bilan farq qilishi, hujayra morfologiyasiga doir patologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, to‘laqonlik, shish, gemoliz, plazmatik bo‘kish kabi patofiziologik belgilar morfologik alomatlar bilan birga kelishi o‘tkir nurlanish ta’sirida ekanligi isbotlangan;
o‘tkir nurlanish laboratoriya hayvonlari oshqozon osti bezida quyidagi morfologik o‘zgarishlarga olib kelgan: oraliq shish, plazmoraggiya, stroma tolalanishi, venoz to‘laqonlik, tomirlar sklerotik o‘zgarishlari, yog‘li distrofiya, epiteliotsitlar distrofik hamda parenximaning atrofik o‘zgarishlari, stromal limfotsitar infil`tratsiya, Langergans orolchalari atrofiyasi (66,7-86,7%); surunkali nurlanishda ham oshqozon osti bezida shunday o‘zgarishlar aniqlangan; 
ilk bor o‘tkir nurlanishning jigar, ingichka ichak, timus, taloq va oshqozon osti beziga salbiy ta’siri natijasida kelib chiqadigan patologik morfologik o‘zgarishlar uchrash darajasi va intensivligi surunkali nurlanishga nisbatan yuqori bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tajribaviy tadqiqotlarda nurlanish ta’sirida ichki a’zolar kiyosiy morfologik tavsifi va profilaktik biokorreksiyaga yangicha yondashuv yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
tajribada o‘tkir va surunkali nurlanishlarda oshqozon osti bezi morfologik o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tajribada o‘tkir va surunkali nurlanishlarda oshqozon osti bezi morfologik o‘zgarishlarini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 09 dekabrdagi 8n-r/1204-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida laboratoriya hayvonlari oshqozon osti bezida yuzaga kelgan patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash va baholashga imkon yaratgan;
o‘tkir nurlanishda laboratoriya hayvonlari jigari va ingichka ichagidagi morfologik o‘zgarishlar dinamikasibo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir nurlanishda laboratoriya hayvonlari jigari va ingichka ichagidagi morfologik o‘zgarishlar dinamikasini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 apreldagi 8n-r/412-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tajribada o‘tkir nurlantirilgan laboratoriya hayvonlari jigari va ingichka ichagida paydo bo‘lgan patomorfologik belgilarni aniqlashga imkon yaratgan;
tajribaviy tadqiqotlarda nurlanish ta’sirida ichki a’zolar kiyosiy morfologik tavsifi va profilaktik biokorreksiyaga yangicha yondashuv yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika onkologiya va radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi Buxoro va Xorazm filiallari amaliyotiga  tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/547-son ma’lumotnomasi). Natijada tajribada o‘tkir nurlantirilgan laboratoriya hayvonlari jigari va ingichka ichagida paydo bo‘lgan patomorfologik belgilarni aniqlashga imkon bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish