Sherbekov Ulug‘bek Axrarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin churrasi va qo‘shilib kelgan qorin bo‘shlig‘i a’zolari patologiyasi xirurgiyasining taktik va texnik jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib579.
Ilmiy rahbar: Qurbaniyazov Zafar Babadjanovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baxodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori professor; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazarov Shoxin Kuvvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy jarrohlik ilmiy tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Endovideojarrohlik texnologiyalari va tortilishsiz plastika usullaridan ustuvor foydalanish bilan bir vaqtda bajariladigan jarrohlik aralashuvlarining taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali qorin devori churrasi va qo‘shma qorin patologiyasi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarrohlik amaliyotining alohida bosqichlarida laparoskopik texnologiyalardan foydalanish o‘zini oqladi, ya’ni bir vaqtning o‘zida qorin devori churrasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma patologiyasini bartaraf etishi asoslangan;
KT gernioabdominometriyasining yuqori informativligi isbotlangan, bu operatsiyadan oldin qorin old devori topografiyasidagi nuqsonlarni aniqlash, churraning qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatan hajmini aniqlash va gernioalloplastikaning optimal usulini tanlash asoslangan;
stress gormonlarining dinamikasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, simultan operatsiyaning amalga oshirilishi jarrohlik depressiyasi darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi va shu bilan qorin old devori va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining kombinatsiyalangan patologiyasini bir vaqtning o‘zida bartaraf etish asoslanagan;
endovideojarrohlik texnologiyalari va tortilishsiz alloplastika usullaridan ustuvor foydalanish bilan qorin bo‘shlig‘i churrasi va qo‘shimcha abdominal patologiyani bir vaqkting o‘zida jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etishning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish davolash natijalarini yaxshilashi isbotlanagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin bo‘shlig‘i churrasi va qo‘shma qorin bo‘shlig‘i patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qorin churrasi jarrohligi va qorin old devorining qo‘shma patologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Qorin churrasi jarrohligi va qorin old devorining qo‘shma patologiyasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n-r/1080-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma qorin bo‘shlig‘i churralarining qorin bo‘shlig‘i a’zolari bilan birga keladigan jarrohlik patologiyalari bilan og‘rigan bemorlarni davolashni optimallashtirish imkonini bergan;
ventral churralarda qo‘shilib kelgan qorin patologiyasini jarrohlik yo‘li bilan tuzatish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Ventral churralarda qo‘shilib kelgan qorin patologiyasini jarrohlik yo‘li bilan tuzatish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 7-oktabrdagi 8n-r/1086-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma qorin bo‘shlig‘i churralarining qorin bo‘shlig‘i a’zolari bilan birga keladigan jarrohlik patologiyalari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini tanlashni optimallashtirishga imkon bergan;
qorin bo‘shlig‘i churrasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining bir vaqtda qo‘shilib kelgan jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, SamDU ko‘p tarmoqli klinikasi, Shaxrisabz shaxar tibbiyot birlashmasi, Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarroxlik bo‘limlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 24 oktyabrdagi 8n-d/570-son ma’lumotnomasi). Qorin bo‘shlig‘i churrasi va qorin bo‘shlig‘i organlarining bir vaqtning o‘zida jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalarini amalga oshirish qorin bo‘shlig‘i va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining kombinatsiyalangan patologiyasida bir vaqtning o‘zida operatsiyalarni bajarish imkoniyatini asoslagan, churra alloplastikasidan keyin takroriy operatsiyalarning oldi olish imkonini bergan.