Keldiyorova Zilola Doniyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immunologik mezonlarni ishlab chiqish orqali bolalarda infeksion mononukleoz tashxisini optimallashtirish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.10 -  Yuqumli  kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2176.
Ilmiy rahbarlar: Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlar doktori (DSc), dotsent;  Mirzoeva Mehriniso Rizoevna, tibbiyot fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.04/2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekqadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunologik mezonlarni ishlab chiqish orqali
bolalarda infeksion mononukleoz tashhisini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
infeksion mononukleoz bilan zararlangan bolalarda kasallikning tana haroratining ko‘tarilishi, tomoqda og‘riq va limfa tugunlarining kattalashishi kabi asosiy simptomlari shakllanishi va rivojlanishi immun tizimining T-bo‘g‘ini, yallig‘lanishga qarshi IL-2 va yallig‘lanishni qo‘llovchi IL-6 kabi sitokinlar miqdorlari disbalansiga bog‘liqligi  isbotlangan;
infeksion mononukleoz tashhislangan bolalarni kompleks davolash uchun tavsiya etilgan rekombinantli interferonning (inozin-pranobeks) CD3+-limfotsitlar va ular regulyator subpopulyasiyalarining qondagi, IL-2 va IL-6 sitokinlarning qon zardobidagi qonsentratsiyalariga ishonarli ravishdagi ijobiy ta’sir darajasi va samaradorligi borligi isbotlangan;
infeksion mononukleoz aniqlangan bolalarda ishonarli darajada CD3+-, CD4+-limfotsitlar kamayishi, CD8+-limfotsitlar oshishi, IL-2 va IL-6 lar qonsentratsiyalari ko‘payishi kabi disbalansga asoslangan immunodiagnostik mezonlar kasallik rivojlanishi erta tashhisi va uning yakuni istiqbolini erta belgilashi isbotlangan;
ushbu patologiya kuzatilgan bemor bolalarda kasallik etiologiyasini inobatga olgan holda patogenetik va immunokorreksiyalovchi davolash usullari ishlab chiqilgan hamda ushbu kasallik kompleks davo standartiga kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Immunologik mezonlarni ishlab chiqish orqali bolalarda infeksion mononukleoz  tashxisini  optimallashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
infeksion mononukleozda bolalarda klinik-immunologik o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda infeksion mononukleoz kasalligidagi klinik-immunologik buzilishlar tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 19.05.2022 yildagi 8n-r/504-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma infeksion mononukleoz bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashni amalga oshirish maqsadida klinik-immunologik buzilishlar tahlilini o‘tkazish imkonini bergan;
immunologik mezonlarni ishlab chiqish orqali bolalarda infeksion mononukleoz  tashhisini  optimallashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar respublikamizning amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Kogon tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 8n-z/299-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar infeksion mononukleoz bilan zararlangan bemor bolalarni erta tashhislashni optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish