Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Iqt299.
Ilmiy maslahatchi: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: G‘ulyamov Saidahror Saidahmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsiyaga moyillik darajasi jihatidan «innovatsiyaga nisbatan neytral» (0-1,0), «innovatsiyaga nisbatan raqobatbardosh» (1,01-1,65) va «innovatsiyaga moyil» (1,65-2,0) shkalalari bo‘yicha guruhlash orqali har bir muayyan guruhga yo‘naltirilgan boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish asoslangan;
“Farg‘onatekstil`” to‘qimachilik korxonalari klasteri asosida faoliyat ko‘rsatuvchi innovatsion jarayonlarni tavsiflovchi fan sig‘imkorligi (FS), ilmiy ishlanma xarajatlari (ITTKI), ishlab chiqarishni texnik modernizatsiyalash (TM), innovatsion intensivlik (II) koeffisientlarining (KFS ≥ 0,75; KITTKI ≥ 0,45; KTM ≥ 0,63; KII ≥ 0,48) me’yoriy darajasida innovatsion boshqaruv samaradorlik ko‘rsatkichini 1,15 baravarga qadar oshirish asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalaridagi boshqaruv tuzilmalari tavsifiga muvofiq innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida boshqaruv xarajatlarini pasaytirishning turli ssenariylarini qo‘llash orqali rentabellik darajasini oshirishning ehtimoliy diapazoni (DR = 55% - 68%)ni belgilovchi prognoz qiymatlari hisoblangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqarish samaradorligini baholash indikatorlarining innovatsion boshqarish holati quyi (0-39%), o‘rta (40-79%), yuqori (80-100%) darajalariga muvofiq keluvchi tavsifiy mezonlarini ishlab chiqish orqali innovatsion boshqaruv samaradorligining o‘rtacha maqbul ko‘rsatkichi (60-70%)ni ta’minlash asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion faoliyatini boshqarish omillari asosida 2026 yilga qadar mo‘ljallangan inersion, faol, maqsadli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida innovatsion jarayonlar faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsiyaga moyillik darajasi jihatidan «innovatsiyaga nisbatan neytral» (0-1,0), «innovatsiyaga nisbatan raqobatbardosh» (1,01-1,65) va «innovatsiyaga moyil» (1,65-2,0) shkalalari bo‘yicha guruhlash orqali har bir muayyan guruhga yo‘naltirilgan boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 17 martdagi 03/25-673-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibiga kiruvchi «Nil Granit» MChJ (R1=0,64), «Digital Prime Textiles» MChJ (R2=0,72) hamda «Bobur XBK» MChJ (R3=0,75) ko‘rsatkichlariga asosan mazkur korxonalar reytingidan kelib chiqqan holda boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
“Farg‘onatekstil`” to‘qimachilik korxonalari klasteri asosida faoliyat ko‘rsatuvchi innovatsion jarayonlarni tavsiflovchi fan sig‘imkorligi (FS), ilmiy ishlanma xarajatlari (ITTKI), ishlab chiqarishni texnik modernizatsiyalash (TM), innovatsion intensivlik (II) koeffisientlarining (KFS ≥ 0,75; KITTKI ≥ 0,45; KTM ≥ 0,63; KII ≥ 0,48) me’yoriy darajasida innovatsion boshqaruv samaradorlik ko‘rsatkichini 1,15 baravarga qadar oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 17 martdagi 03/25-673-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi 32-12/4600-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati klasterlari faoliyatiga innovatsiyalar kiritish hajmini 10-12% ga oshirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalaridagi boshqaruv tuzilmalari tavsifiga muvofiq innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida boshqaruv xarajatlarini pasaytirishning turli ssenariylarini qo‘llash orqali rentabellik darajasini oshirishning ehtimoliy diapazoni (DR = 55% - 68%)ni belgilovchi prognoz qiymatlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 17 martdagi 03/25-673-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi 32-12/4600-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati tarmog‘ini raqamlashuv omillari ta’sirida o‘rta muddat uchun omillarning prognoz qiymatlarining foizdagi mutloq xatolik chegarasi ±0,66% gacha qisqargan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqarish samaradorligini baholash indikatorlarining innovatsion boshqarish holati quyi (0-39%), o‘rta (40-79%), yuqori (80-100%) darajalariga muvofiq keluvchi tavsifiy mezonlarini ishlab chiqish orqali innovatsion boshqaruv samaradorligining o‘rtacha maqbul ko‘rsatkichi (60-70%)ni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 17 martdagi 03/25-673-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi 32-12/4600-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarining innovatsion boshqaruvi samaradorligi o‘rtacha ko‘rsatkichi 60,2 foizga tengligi hamda innovatsion boshqarish holatini baholashning quyi, o‘rta, yuqori darajadagi mezonlari aniqlangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion faoliyatini boshqarish omillari asosida 2026 yilga qadar mo‘ljallangan inersion, faol, maqsadli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 17 martdagi 03/25-673-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi 32-12/4600-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘p omilli bog‘lanishlar asosidagi tahlillar negizida korxonalar innovatsion jihatdan rivojlantirish hamda ular faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish, tarmoq raqobat ustunligidan foydalangan holda hududlarni muvozanatli rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish aniqligi 8-12% ga ortgan.