Tojiboeva Nafisaxon Raxmiddin qizining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta-to‘qimachilik klasterlarida xodimlar salohiyatini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”, 08.00.10-«Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt603.
Ilmiy rahbar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta-to‘qimachilik klasterlarida xodimlar salohiyatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasteri korxonalari xodimlari kompetensiyasi darajasini “kutilgan daraja” (100%), “kutilgan darajadan o‘rta” (90-71%), “kutilgan darajadan qoniqarli” (70-51%), “kutilgan darajadan past” (50-30%), “kutilgan darajadan o‘ta past” (20-0%) yondashuviga ko‘ra baholash asoslangan;
paxta-to‘qimachilik klasteri personal salohiyatini boshqarish tizimi tarkibiga «Xodimlar bilimlari yig‘indisi» strategiyasini kiritishning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
paxta-to‘qimachilik klasterining mehnat salohiyatiga ta’sir etuvchi omillariga ko‘ra «Khantex Group MCHJ»ning 2022-2024 yilgacha mehnat salohiyatini baholash natijalarining prognoz darajalari ishlab chiqilgan;
paxta-to‘qimachilik klasteri xodimlari mehnat faoliyatida o‘z maqsad-lariga erishishning integral oraliq natijadorligini “ko‘proq-yaxshiroq-yuqori” (100-86%), “foizli-o‘rta” (85-71%), “kamroq-yaxshiroq-past” (70-55%) yondashuviga ko‘ra baholash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik klasterlarida xodimlar salohiyatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasteri korxonalari xodimlari kompetensiyasi darajasini “kutilgan daraja” (100%), “kutilgan darajadan o‘rta” (90-71%), “kutilgan darajadan qoniqarli” (70-51%), “kutilgan darajadan past” (50-30%), “kutilgan darajadan o‘ta past” (20-0%) yondashuviga ko‘ra baholash bo‘yicha taklif “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2021 yil 14 dekabrdagi 123-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan holda uyushma tarkibiga kiruvchi «Xo‘jaobod Fayz-M» klasteri boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 24 maydagi 02/22-326-son ma’lumotnomasi). Natijada «Xo‘jaobod Fayz-M» klasterida mehnat unumdorligini 7,3 foizga oshirish va kadrlar ko‘nimsizligi koeffisentini 6,4 foizga kamaytirishga xizmat qilgan;
paxta-to‘qimachilik klasteri personal salohiyatini boshqarish tizimi tarkibiga «Xodimlar bilimlari yig‘indisi» strategiyasini kiritishning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2021 yil 14 dekabrdagi 123-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan holda «Xo‘jaobod Fayz-M» klasterining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 24 maydagi 02/22-326-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilda 2019 yilga nisbatan «Xo‘jaobod Fayz-M» klasterining yalpi foydasini 2,4 foiz, mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi daromadni 8,8 foiz va mehnat unumdorligini 7,3 foizga oshirishga xizmat qilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterining mehnat salohiyatiga ta’sir etuvchi omillariga ko‘ra «Khantex Group MCHJ»ning 2022-2024 yildarda mehnat salohiyatini baholash natijalarining prognozi bo‘yicha taklif “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Andijon viloyati ««Khantex Group MCHJ» klasterining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 24 maydagi 02/22-326-son ma’lumotnomasi). Natijada ««Khantex Group MCHJ» klasterda mehnat salohiyatining ortishi, kadrlar qo‘nimsizligining 21,3 foizga kamayishi va natijaviy baholar taqsimoti kutilishidan 18,3 foizga ortishga qo‘shimcha imkoniyat yaratgan;
paxta-to‘qimachilik klasteri xodimlari mehnat faoliyatida o‘z maqsad-lariga erishishning integral oraliq natijadorligini “ko‘proq-yaxshiroq-yuqori” (100-86%), “foizli-o‘rta” (85-71%), “kamroq-yaxshiroq-past” (70-55%) yondashuviga ko‘ra baholash taklifi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2021 yil
14 dekabrdagi 123-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, Andijon viloyatidagi «Khantex Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 24 maydagi 02/22-326-son ma’lumotnomasi). Natijada «Khantex Group MCHJ» klasterining yalpi foydasi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 16,4 foiz, mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi daromad hajmi 27,8 foizga oshgan.