Pulatova Shaxnoza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ankilozlovchi spondiloartritda minerallar almashinuvi buzilishining klinik-patogenetik ahamiyati va uni korreksiyalash yo‘llari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1354.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandon Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ankilozlovchi spondiloartritda minerallar almashinuvi buzilishinining klinik-patogenetik ahamiyatini baholash va uni korreksiyalash yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
minerallar almashinuvi buzilishi kuzatiladigan ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik-laborator faollik ko‘rsatkichlari ham o‘z navbatida baland bo‘lishi asoslangan;
ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning skeletdan tashqari belgilarining uchrash soni qondagi mikroelementlar  almashinuvi buzilishiga bevosita bog‘liq bo‘lishi aniqlangan;
qon zardobidagi mikroelementlar miqdori bilan O‘NO-α o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
bazis yallig‘lanishga qarshi davolash negizida minerallar almashinuvi buzilishlarini korreksiya kiluvchi dori vositalarini qo‘llash orqali ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik- laborator faolligi pasayishi hamda hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ankilozlovchi spondiloartritda minerallar almashinuvi buzilishinining klinik-patogenetik ahamiyatini baholash va uni korreksiyalash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda minerallar almashinuvi holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda minerallar almashinuvi holatini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/560-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda minerallar almashinuvi holatini baholash imkonini bergan;
ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda minerallar almashinuvi holatini baholash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Namangan viloyati, Chust tuman tibbiyot birlashmasi, TTA ko‘p tarmoqli klinikasi revmatologiya, kardiorevmatologiya, artrologik ixtisoslashtirilgan ambulator davolash kursi bo‘limlari hamda Xorazm viloyati, Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 08-39733-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi minerallar almashinuvining buzilishi bilan kechgan ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarni tashxisini erta aniqlash, mehnatga layoqatlik davrini uzoq muddat saqlab qolish, hayot sifatini oshirish, kasallikni avjlanishi va erta nogironlikni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish