Teshaeva Dilfuza Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati tuproq va iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining sho‘rga chidamlilik xususiyatlari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/V583.
Ilmiy rahbar: Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02. 
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sirojiddin  Xudoyberdievich, biologiya fanlari doktori; Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining fiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga sho‘r stressi ta’sirining fiziologik xususiyatlarini baholash hamda bug‘doyning mazkur omilga chidamliligini aniqlashning tezkor va uni oshirishning fiziologik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bug‘doy navlarining sho‘r stressiga fiziologik chidamlilik darajasini aniqlash  maqsadida hujayra shirasining quyuqlik darajasi, xloroplast pigmentlari miqdori, fotosintez va nafas olish jadalligi asoslangan;
bug‘doy navlarining suv almashinuviga sho‘r stressining fiziologik ta’sirini aniqlash  maqsadida transpiratsiya jadalligi, barglardagi umumiy suv miqdori, barglardagi suv tanqisligi, barglardagi bog‘langan suv miqdori, barglarning suvni saqlash darajasi va hujayralarning turgotsentlik darajasi navlar kesimida baholangan;
bug‘doy navlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga tuproq sho‘rlanishi ta’sirini o‘rganish orqali navlarning o‘sish jadalligi, navlar barg sathining kengayishi, fotosintez sof mahsuldorligi, hosil ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan hamda sho‘r stressining bug‘doyga fiziologik ta’sir mexanizmlari ishlab chiqilgan;
tuproq sho‘rlanishiga chidamli hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlarni ilmiy asoslangan holda har xil darajada sho‘rlangan hududlar kesimida asoslangan;
ilk bor, sho‘rlangan tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doy navlari barglaridagi bog‘langan suv miqdori (BSM), hujayralarning turgotsentlik darajasi (HTD), ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali navlarning sho‘r stressiga chidamlilik darajasini aniqlashning tezkor hamda urug‘larni ekishdan oldin ishlov berish evaziga sho‘r stressiga chidamlilik darajasini oshirishning fiziologik usullari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyati tuproq va iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining sho‘rga chidamlilik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kuzgi bug‘doy navlari ontogenezida barglardagi bog‘langan suv miqdori (BSM), hujayralarning turgotsentlik darajasi (HTD), ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali navlarning sho‘r stressiga chidamlilik darajasini aniqlash usuli Buxoro viloyati sharoitida 110 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 07/25-04/8329-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘r stressiga chidamlilik darajasi yuqori bo‘lgan kuzgi bug‘doy navlarini ekish evaziga navlar kesimida hosildorlikni 5-10 foizga oshirish imkonini bergan; 
kuzgi bug‘doy urug‘larini ekishdan oldin ishlov berish evaziga sho‘r stressiga chidamlilik darajasini oshirishning fiziologik usuli Jondor tumani fermer xo‘jaliklari er maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 07/25-04/8329-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doy navlarining sho‘r stressiga chidamlilik darajasining oshishi evaziga hosildorlikni 3-5 foizga  oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish