Mamajonov Jasurbek Shuxratbekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «1-(4-Nitrofenil)-4-(X-fenoksimetil)-1N-1,2,3-triazollar sintezi va xossalari», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.1.PhD/K355.
Ilmiy rahbar: Abdugafurov Ibragimdjan Azizovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjan Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: almashingan arilpropargil efirlari va para-nitrofenilazid asosida 1,2,3-triazol hosilalarini Huisgen hamda mis azid-alkin siklobirikish (SuAAS) usullarida sintez qilish, sintez qilingan moddalarni kimyoviy tuzilishini isbotlash, xossalarini va biologik faolligini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1-(4-Nitrofenil)-4(5)-(X-fenoksimetil)-1N-1,2,3-triazollarni Huisgen usuli bo‘yicha sintezi amalga oshirilgan, bunda hosil bo‘lgan izomerlar kolonkali xromatografiya usulida bir-biridan ajratib olingan, izomerlarning miqdoriy nisbatlari aniqlangan va kimyoviy tuzilishi tasdiqlangan;
ilk bor 1-(4-nitrofenil)-4-(X-fenoksimetil)-1N-1,2,3-triazollarni sintezi “Klik” kimyo usulida, mis (I) tuzlari katalizatorligida selektiv amalga oshirilgan, hamda jarayonlarning borishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va ularni kimyoviy tuzilishlari isbotlangan; 
1-(4-nitrofenil)-4-(X-fenoksimetil)-1N-1,2,3-triazollarning selek-tiv sintezini amalga oshirishda qo‘llanilgan katalizatorlarning faolliklari  Cu2Cl2˂Cu2Br2˂Cu2I2 qator bo‘yicha ortib borishi isbotlangan;
1-(4-nitrofenil)-4-fenoksimetil-1N-1,2,3-triazolni nitrolash reak-siyasi amalga oshirilgan, bunda asosan fenoksimetil fragmentining p-holatidagi vodorod, qisman o-holatidagi vodorod atomlari nitro guruhga almashinishi aniqlangan;
ilk bor 1-(4-nitrofenil)-4-(X-fenoksimetil)-1N-1,2,3-triazollar molekulasidagi nitro-guruhni qaytarish reaksiyalari turli xil qaytaruv-chilarda olib borilgan va amino hosilalar yuqori unumlarda sintez qilingan; 
1-(4-nitrofenil)-4-(X-fenoksimetil)-1N-1,2,3-triazollarga metil yodid ta’sir ettirib ularning to‘rtlamchi tuzlar hosil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
1-(4-Nitrofenil)-4-(X-fenoksi-metil)-1N-1,2,3-triazollar, ularni hosilalarining samarali sintez usullarini va xossalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan yangi birikmalardan 1-(4-nitrofenil)-4-(4-yodfenoksimetil)-1N-1,2,3-triazolning rentgen tuzilish tahlil natijalari Kembrij markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Crystal-lography Open Database, https:/www.crystallography.net, CCDC 2191463). Natijada, aromatik halqa saqlagan 1,2,3-triazol hosilalari tarkibiga kiruvchi yangi moddalarning tuzilishini aniqlash imkonini bergan;
sintez qilingan birikmalardan 1-(4-nitrofenil)-4-(4-xlorfenoksi-metil)-1N-1,2,3-triazol, 1-(4-nitrofenil)-4-(4-brom-fenoksimetil)-1N-1,2,3-triazol, 1-(4-nitrofenil)-4-(4-yodfenoksimetil)-1N-1,2,3-triazollar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ da metall konstruksiyalar va qurilmalar biokorroziyasiga qarshi ingibitor sifatida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2021 yil 23 iyuldagi №721/GK-07-sonli ma’lumotnomasi). Olingan birikmalar metall konstruksiyalari va qurilmalarining ekspluatatsion xossalarini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish