Meyliev Obid Raxmatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishni takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt256.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va er soliqlaridan tushumlarni tuman va shaharlar mahalliy byudjetlariga yo‘naltirishga doir vakolatlarni mahalliy kengashlarga berish asosida mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini ta’minlash imkoniyati asoslangan;
tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olish va turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida ijara to‘lovi bo‘yicha eng kam stavkalarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdorlariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffisientlarni qo‘llash taklif etilgan;
mahalliy byudjetlarning daromadlari bo‘yicha prognozni oshirib bajarishdan olingan mablag‘larning bir qismini tumanlar va shaharlar byudjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun qoldirish taklif etilgan;
tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini mahalliy byudjetlar daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar kamaytirishga yo‘l qo‘ymaslik taklif etilgan;
mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash orqali iqtisodiy rivojlanish darajasi past tumanlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘larning qoldirilishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va er soliqlaridan tushumlarni tuman va shaharlar mahalliy byudjetlariga yo‘naltirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-sonli «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3094-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari qarorlariga muvofiq yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i tushumlarini tuman va shahar byudjetlariga 2022 yil 1 yarim yillikda 1122,8 mlrd.so‘m yo‘naltirishga erishilgan;
tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olish va turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida ijara to‘lovi bo‘yicha eng kam stavkalarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdorlariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffisientlarni qo‘llash haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-657-sonli «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3094-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga 2,4 mlrd. so‘m qo‘shimcha tushum tushishiga erishilgan;
mahalliy byudjetlarning daromadlari bo‘yicha prognozni oshirib bajarishdan olingan mablag‘larni yo‘naltirishga doir vakolatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-sonli «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3094-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablag‘larning bir qismini tumanlar va shaharlar byudjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun qoldirilgan va 2022 yil 1-yarim yillikda 870,5 mlrd.so‘m tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlari ixtiyorida qoldirishga erishilgan;
tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini mahalliy byudjetlar daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar kamaytirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-sonli «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3094-son ma’lumotnomasi). Natijada, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlarning viloyat byudjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar kamaytirmaslik ta’minlangan;
mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash orqali iqtisodiy rivojlanish darajasi past tumanlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-sonli «O‘zbekiston Respublikasining soliq Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3094-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaning 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan ushbu belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffisient kiritish orqali 2022 yilda 144 ta shahar va tumanlarga kamaytiruvchi koeffisient kiritilgan bo‘lsa, shundan 26 ta tumanlarga eng kam 0,5 kamaytiruvchi koeffisient qo‘llanilgan.