Xotamova Guljahon Solijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi shaxsiy  yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2355.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01. 
Rasmiy opponentlar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori; Alieva Mehrinoza Aybekovna, filologiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida shaxsiy yozishmalar asosida ayollar yozma nutqining o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarini aniqlash, ularning yosh xususiyati bilan bog‘liq holda o‘zgarishlarini taqqoslash, mohiyatini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida yozma nutq belgilariga gender omillari va matn turlarining o‘zaro ta’siri tekshirilib, har qanday yozma nutq turiga gender omillarning yosh kategoriyasiga muvofiq ekanligi asoslangan; 
o‘zbek lingvistik ekspertologiyasi hamda genderolingvistikasining manbalaridan biri ayollar yozma nutqiga xos grafologik xususiyatlar katalogi yaratilib, ularning gender farqlari identifikatsion belgilar orqali aniqlash mumkinligi dalillangan; 
erkaklar va ayollar yozma nutqida  mavjud noadabiy lisoniy birliklar gender farqlanishining aniqlash mezoni ishlab chiqilib, lingvistik ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ularning konfliktli matnlarni konseptual va kontekstual farqlanishi ochib berilgan;
o‘smir qizlar nutqida neytral leksikadan tashqari adabiy normadan chekinish holatlarida varvarizm, vul`garizm, neologizm, evfemizm va dialektizmlarning qo‘llanilishi aniqlanib, haqorat semasini ifodalovchi so‘zlar matnda yetakchilik qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida yozma nutq belgilariga gender omillari va matn turlarining o‘zaro ta’siri tekshirilib, har qanday yozma nutq turiga gender omillarning yosh kategoriyasiga muvofiq ekanligi asoslanganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-FI-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”,  FA-FI-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va amaliy ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 martdagi 17-01/70-son ma’lumotnomasi).  Natijada ayollar nutqida ko‘p uchraydigan maqollarda  shaxs fe’l-atvori bilan bog‘liq jihatlarni aniqlash imkonini bergan;
o‘zbek lingvistik ekspertologiyasi hamda genderolingvistikasining manbalaridan biri ayollar yozma nutqiga xos grafologik xususiyatlar katalogi yaratilib, ularning gender farqlari identifikatsion belgilar orqali aniqlash mumkinligi hamda o‘zbek lingvistik ekspertologiyasi hamda genderolingvistikasining manbalaridan biri ayollar yozma nutqiga xos grafologik xususiyatlar katalogi yaratilib, ularning gender farqlari identifikatsion belgilar orqali aniqlash mumkinligi dalillanganiga oid xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi davlat muassasasining 2022 yil 9-fevraldagi 01-11/46-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish