Usmanov Farhod Abdiraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi masalasi (1917-1945 yillar)”, 07.00.01 –“O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar737.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Abdug‘ani Qilichevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent; Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi masalasini tadqiq etish asosida O‘zbekistonda bolalar qarovsizligining shakllanishi, uni bartaraf etish xususiyatlari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi shakllanishining tashqi omili to‘rt bosqichda namoyon bo‘lib, birinchi bosqich (1917–1918 yillar) – Birinchi Jahon urushi oqibatida Rossiyaning turli hududlaridan bolalarning mintaqaga kirib kelishi, ikkinchi bosqich (1918–1920 yillar) – mintaqadagi harbiy harakatlar oqibatida qarovsiz bolalarning yuzaga kelishi, uchinchi bosqich (1921–1923 yillar) – Volgabo‘yidagi qashshoqlik va ocharchilik natijasida mintaqaga qarovsiz bolalarning olib kelinishi, to‘rtinchi bosqich (1941–1945 yillar) – Ikkinchi Jahon urushi natijasida etim bolalarning O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi asoslangan;
Sovetlar tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan turli ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar sabab aholi o‘rtasida shakllangan turli darajadagi muammolar mahalliy aholi vakillari orasida turmush daraja pasayishi va ota-onalar bolalarini boqish qobiliyati yo‘qolib borishi oqibatida qarovsiz bolalarning yuzaga kelishiga olib kelganligi isbotlangan;
Sovet hokimiyati tomonidan Turkiston o‘lkasi ochlarga yordam markazining Bolalar komissiyasi, Bolalarga yordam jamiyati va bolalar uylari ochilishi natijasida qarovsiz bolalar ushbu muassasalarga joylashtirilganligi va tarbiyalanganligi, biroq mazkur tashkilotlar doimiy tarzda davlat tomonidan moddiy jihatdan ta’minlanmaganligi hamda mavjud mablag‘larning talon-taroj etilishi natijasida qarovsiz bolalarning yashash ahvoli qoniqarsiz bo‘lganligi ochib berilgan;
Qarovsiz bolalarning soni ko‘payib borishi tufayli bolalar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi o‘sib borganligi oqibatida Ichki ishlar bo‘limlari tomonidan bolalarni yig‘ish va vaqtincha saqlashga moslashgan bolalar qabulxonalari soni oshib borganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi masalasi tadqiq qilish yuzasidan kelingan ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi shakllanishining tashqi omili to‘rt bosqichda namoyon bo‘lib, birinchi bosqich (1917–1918 yillar) – Birinchi Jahon urushi oqibatida Rossiyaning turli hududlaridan bolalarning mintaqaga kirib kelishi, ikkinchi bosqich (1918–1920 yillar) – mintaqadagi harbiy harakatlar oqibatida qarovsiz bolalarning yuzaga kelishi, uchinchi bosqich (1921–1923 yillar) – Volgabo‘yidagi qashshoqlik va ocharchilik natijasida mintaqaga qarovsiz bolalarning olib kelinishi, to‘rtinchi bosqich (1941–1945 yillar) – Ikkinchi Jahon urushi natijasida etim bolalarning O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi hamda Sovetlar tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan turli ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar sabab aholi o‘rtasida shakllangan turli darajadagi muammolar mahalliy aholi vakillari orasida turmush daraja pasayishi va ota-onalar bolalarini boqish qobiliyati yo‘qolib borishi oqibatida qarovsiz bolalarning yuzaga kelishiga olib kelganligi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022 yil 31 yanvardagi 06-31-205-son ma’lumotnomasi). “Taqdimot”da ilgari surilgan bolalar qarovsizligi muammosi xususiyatlari, salbiy oqibatlari bo‘yicha mavjud g‘oyalar, respublikamizda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Sovet hokimiyati tomonidan Turkiston o‘lkasi ochlarga yordam markazining Bolalar komissiyasi, Bolalarga yordam jamiyati va bolalar uylari ochilishi natijasida qarovsiz bolalar ushbu muassasalarga joylashtirilganligi va tarbiyalanganligi, biroq mazkur tashkilotlar doimiy tarzda davlat tomonidan moddiy jihatdan ta’minlanmaganligi hamda mavjud mablag‘larning talon-taroj etilishi natijasida qarovsiz bolalarning yashash ahvoli qoniqarsiz bo‘lganligi hamda Qarovsiz bolalarning soni ko‘payib borishi tufayli bolalar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi o‘sib borganligi oqibatida Ichki ishlar bo‘limlari tomonidan bolalarni yig‘ish va vaqtincha saqlashga moslashgan bolalar qabulxonalari soni oshib borganligi aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 06-02/5-1328-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Xalq ta’limi tizimida bugungi kunda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni barvaqt aniqlash va oldini olishga, shuningdek, tizimda mavjud bolalar muassasalari faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.