Radjabova Sabohat Bobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Surxondaryo viloyat xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy va ma’daniy hayotida tutgan o‘rni (1991-2020 yy)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar795.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Toshkenboy Pardaev Radjabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Yaxshibeka Abdullaeva Atamurotovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020 yillarda xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘rni masalalarini Surxondaryo viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 90-yillarida respublika iqtisodiyotida yuz bergan holat natijasida viloyatda ishsizlik, 2015 yildan boshlab ayollar o‘rtasida mehnat migratsiyasining o‘sib borishi, xususan, xotin-qizlar mehnatidan foydalanuvchi engil va oziq-ovqat sanoatidagi ish o‘rinlarining qisqarishi mehnat bilan band aholi o‘rtasidagi gender muvozanatining buzilishiga olib kelganligi isbotlangan;
mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatining ijtimoiy, iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faol ijtimoiy funksiyalarida yangicha mulkdor, tadbirkor, norasmiy bandlik sub’ekti iqtisodiy faoliyat turlarining ko‘payishiga olib kelishi boshqa tomondan, iqtisodiyotning o‘tish davri voqeliklari va mavjud erkaklarning afzalliklariga olib keladigan mavjud stereotiplar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, ayollarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, mehnat sharoitlarini o‘zgartirish natijasida o‘qituvchilik, hamshiralik, farroshlik kabi "ayollar kasblari"ning shakllanishiga olib kelganligi dalillangan;
Surxondaryo viloyatida “Tadbirkor ayol” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, siyosiy partiyalarning Surxondaryodagi hududiy bo‘limlari kabi nodavlat notijorat tashkilotlarining sa’y-harakatlari natijasida tadbirkorlikka oid o‘quv kurslarining ochilishi, kredit uyushmalarining tashkil etilishi, uy-ro‘zg‘ordan ajralmagan holda kasanachilikning yo‘lga qo‘yilishi natijasida xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilib, mehnat bandligini yanada yaxshilashga xizmat qilganligi asoslangan;
Surxondaryoda ayollar salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish hamda ularni bartaraf qilish maqsadida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, har bir QVP lar qoshida “Ayollar maslahatxonasi” ni tashkil etish orqali chekka qishloqlarda yashovchi xotin-qizlar salomatligi ham nazorat ostiga olinishi natijasida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha ayol shifokorlar sonining ko‘payishi, sog‘liqni saqlash tizimida rahbarlik faoliyati bilan band bo‘lgan ayollarning umumiy sonining ortishiga olib kelganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
XX asrning 90-yillarida respublika iqtisodiyotida yuz bergan holat natijasida viloyatda ishsizlik, 2015 yildan boshlab ayollar o‘rtasida mehnat migratsiyasining o‘sib borishi, xususan, xotin-qizlar mehnatidan foydalanuvchi engil va oziq-ovqat sanoatidagi ish o‘rinlarining qisqarishi mehnat bilan band aholi o‘rtasidagi gender muvozanatining buzilishiga olib kelganligi hamda mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatining ijtimoiy, iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faol ijtimoiy funksiyalarida yangicha mulkdor, tadbirkor, norasmiy bandlik sub’ekti iqtisodiy faoliyat turlarining ko‘payishiga olib kelishi boshqa tomondan, iqtisodiyotning o‘tish davri voqeliklari va mavjud erkaklarning afzalliklariga olib keladigan mavjud stereotiplar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, ayollarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, mehnat sharoitlarini o‘zgartirish natijasida o‘qituvchilik, hamshiralik, farroshlik kabi "ayollar kasblari"ning shakllanishiga olib kelganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022 yilning avgust oyida efirga uzatilgan “Tarixiy savol”, “Muborak maskanlar” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2022 yil 22 avgustdagi 06-30-1359-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar Surxondaryo viloyatida xotin-qizlar faoliyati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarni teletomoshabinlarga to‘g‘ri va xolis yetkazishda xizmat qilgan;
Surxondaryo viloyatida “Tadbirkor ayol” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, siyosiy partiyalarning Surxondaryodagi hududiy bo‘limlari kabi nodavlat notijorat tashkilotlarining sa’y-harakatlari natijasida tadbirkorlikka oid o‘quv kurslarining ochilishi, kredit uyushmalarining tashkil etilishi, uy-ro‘zg‘ordan ajralmagan holda kasanachilikning yo‘lga qo‘yilishi natijasida xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilib, mehnat bandligini yanada yaxshilashga xizmat qilganligi hamda Surxondaryoda ayollar salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish hamda ularni bartaraf qilish maqsadida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, har bir QVP lar qoshida “Ayollar maslahatxonasi” ni tashkil etish orqali chekka qishloqlarda yashovchi xotin-qizlar salomatligi ham nazorat ostiga olinishi natijasida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha ayol shifokorlar sonining ko‘payishi, sog‘liqni saqlash tizimida rahbarlik faoliyati bilan band bo‘lgan ayollarning umumiy sonining ortishiga olib kelganligi ochib berilgan yuzasidan olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi o‘zining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida foydalanilgan hamda ushbu taklif hamda tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorning viloyatda olib borilgan targ‘ibotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 14 sentyabrdagi 266-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi keng jamoatchilikda xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, yosh avlodni voyaga yetkazishda ayollarning ahamiyatiga oid bilimlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.