Abdulloev Shuxratjon Boboismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘rta Osiyo xalqlari diniy qarashlarida dev obrazi: shakllanishi va evolyusiyasi”, 07.00.01-O‘zbekiston tarixi, 07.00.04-Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar525.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor; Urazova Ra’no Tashpulatovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi devlarning O‘rta Osiyo xalqlarining zardushtiylikdan oldingi e’tiqod xudolari bo‘lgani hamda zardushtiylik demonologiyasi rivojlanishidagi ahamiyati va vazifalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyoda zardushtiylikkacha bo‘lgan diniy qarashni “protozardushtiylik” yoki “protoavesta” deb nomlash emas, balki, devlar e’tiqodiga asoslangan “daevayasna” ta’limoti ekanligi yozma (Avesta, Bundaxishn kabi zardushtiylik matnlari) va moddiy manbalar (Oks sivilizatsiyasi muhrlari va tasviriy san’ati) asosida dalillangan;
dev obrazining shakllanishi va evolyusiyasi qadimgi davrdan o‘rta asrlarga qadar davom etgani zardushtiylik matnlaridagi (Avestaning Yasna (4 ta alohida hamda 2 ta devlar to‘dasi), Videvdat (33 ta alohida, 2 ta devlar to‘dasi, faqat Videvdatga xos 15 ta alohida devlar), Yasht (15 ta, faqat Yasht naskiga xos 9 ta) nasklari, Menogi Xerad (12 ta, faqat Menogi Xradga xos 2 ta), Bundaxishn (36 ta, faqat Bundaxishnga xos 12 ta), Denkard (19 ta), Shohnoma (10 ta) jami 61 ta devlarning nomi va xususiyatlari orqali asoslangan;
zardushtiylik demonologiyasi tadrijiy taraqqiyotida dev obrazining umumlashuvi (bir necha obrazning birlashtirilishi), jamiyatda salbiy jihatlarni ifodalash maqsadida yangilarining paydo bo‘lishi va ularning guruhlarga ajratilishi (“bosh devlar” (Akoman, Andar, Soro, Naogas, Tarich, Zarich), to‘daga birlashgan devlar (Mazana devlari, Zimiston devlari, Varina devlari) va alohida (Nasu, Xruuiyni, Buidin, Bushyasta kabi 50 dan ortiq) devlar) bosqichlari mavjudligi funksional tipologiya asosida ko‘rsatilgan;
zardushtiylik jamoalari o‘zlarining siyosiy-mafkuraviy raqiblarini dev obrazi bilan bog‘lab talqin etganligi (Frangras`yon, Zahhok, Makedoniyalik Aleksandr) zardushtiylik matnlarini O‘rta Osiyoda va unga tutash mintaqalarda yuz bergan tarixiy voqealar (ko‘chmanchili qabilalar hujumi, Makedoniyalik Aleksandr bosqini, arablar istilosi) bilan taqqoslash orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘rta Osiyoda zardushtiylikkacha bo‘lgan diniy qarashni “protozardushtiylik” yoki “protoavesta” deb nomlash emas, balki, devlar e’tiqodiga asoslangan “daevayasna” ta’limoti ekanligi yozma (Avesta, Bundaxishn kabi zardushtiylik matnlari) va moddiy manbalar (Oks sivilizatsiyasi muhrlari va tasviriy san’ati) asosida dalillanganligi, dev obrazining shakllanishi va evolyusiyasi qadimgi davrdan o‘rta asrlarga qadar davom etgani zardushtiylik matnlaridagi (Avestaning Yasna (4 ta alohida hamda 2 ta devlar to‘dasi), Videvdat (33 ta alohida, 2 ta devlar to‘dasi, faqat Videvdatga xos 15 ta alohida devlar), Yasht (15 ta, faqat Yasht naskiga xos 9 ta) nasklari, Menogi Xerad (12 ta, faqat Menogi Xradga xos 2 ta), Bundaxishn (36 ta, faqat Bundaxishnga xos 12 ta), Denkard (19 ta), Shohnoma (10 ta) jami 61 ta devlarning nomi va xususiyatlari orqali asoslanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan an’anaviy tashkillashtiriladigan “Muzeylar haftaligi” tadbirlari doirasida O‘zbekiston tarixi va Surxondaryo arxeologiya muzeylarida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun “O‘rta Osiyo xalqlari mifologik va diniy qarashlari” nomli ko‘rgazmalar tashkillashtirishda, ilmiy-amaliy tavsiyalari va nazariy manbalaridan mifologik ramz va tasvirlarga oid ma’lumotlar asosida gid-tarjimonlar va turistlar uchun qiziqarli o‘quv qo‘llanmalar va targ‘ibot materiallari yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 07-17/584-son ma’lumotnomasi). Natijada sayyohlar O‘rta Osiyoning mifologiyasi haqida keng tasavvurga ega bo‘lishgan.
zardushtiylik demonologiyasi tadrijiy taraqqiyotida dev obrazining umumlashuvi (bir necha obrazning birlashtirilishi), jamiyatda salbiy jihatlarni ifodalash maqsadida yangilarining paydo bo‘lishi va ularning guruhlarga ajratilishi (“bosh devlar” (Akoman, Andar, Soro, Naogas, Tarich, Zarich), to‘daga birlashgan devlar (Mazana devlari, Zimiston devlari, Varina devlari) va alohida (Nasu, Xruuiyni, Buidin, Bushyasta kabi 50 dan ortiq) devlar) bosqichlari mavjudligi funksional tipologiya asosida ko‘rsatilgangani, zardushtiylik jamoalari o‘zlarining siyosiy-mafkuraviy raqiblarini dev obrazi bilan bog‘lab talqin etganligi (Frangras`yon, Zahhok, Makedoniyalik Aleksandr) zardushtiylik matnlarini O‘rta Osiyoda va unga tutash mintaqalarda yuz bergan tarixiy voqealar (ko‘chmanchili qabilalar hujumi, Makedoniyalik Aleksandr bosqini, arablar istilosi) bilan taqqoslash orqali asoslanganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Taqdimot” “Ibtido” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK ning 2021 yil 14 oktyabrdagi 01-02-1623-son va 2022 yil 5 maydagi 01-32-528-son ma’lumotnomalari). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar keng jamoatchilik o‘rtasida O‘rta Osiyoning qadimgi va boy mifologik qarashlari, devlarning eng qadimgi mifologik obrazlardan biri sifatida turli xil ramzlarda moddiy madaniyatda aks etgani, zardushtiylikdan avvalgi din xudolari bo‘lgani va bu e’tiqod daevayasna deb atalgani haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish