Toshov Kamoliddin Tojinorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy holati (Surxon vohasi misolida)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar643.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD 03/30. 12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; To‘xtaev Abdug‘ani Qilichevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy holati Surxon vohasi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning, shu jumladan, Surxondaryodagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning to‘lig‘icha harbiy izga ko‘chirilganligi, xalq xo‘jaligida urush davri qonunlariga to‘liq amal qilganligi dalillangan;
urush yillarida ayollar, bolalar, qariyalar bilan bir qatorda nogironlar mehnatidan ham unumli foydalanilganligi, voha aholisi zayomlar sotib olishda, tank kolonnalari va aviaeskadril`yalar qurilishida faol qatnashganligi aniqlangan;
Xo‘jaikon tuz konida yiliga 15 tonna tuz qazib oluvchi korxona barpo etilganligi, Surxondaryo oblastida kauchuk tashuvchi takasaqizning boy manbalari topilib, harakatdagi armiya ehtiyojlari uchun etkazib berilganligi, ipak qurtini yozda va kuzda takror boqilganligi aniqlangan;
Termiz shahrida surxondaryoliklardan 92-alohida o‘qchi milliy brigadasi va 213-gvardiyachi o‘qchi diviziyasi shakllantirilganligi, o‘zbekistonlik jangchilardan tashkil topgan 1-gvardiyachi havo desanti diviziyasi fashizmga qarshi kurashda muhim rol` o‘ynaganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy holati Surxon vohasi misolida olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning, shu jumladan, Surxondaryodagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning to‘lig‘icha harbiy izga ko‘chirilganligi, xalq xo‘jaligida urush davri qonunlariga to‘liq amal qilganligi hamda urush yillarida ayollar, bolalar, qariyalar bilan bir qatorda nogironlar mehnatidan ham unumli foydalanilganligi, voha aholisi zayomlar sotib olishda, tank kolonnalari va aviaeskadril`yalar qurilishida faol qatnashganligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining «Xotira va Qadrlash» hamda «Shahidlar xotirasi» kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 noyabrdagi 02/08/1453-son dalolatnomasi). Bu ma’lumotlar Surxon vohasi aholisining ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan mehnat jasoratlari va frontdagi qahramonliklarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar ongida ajdodlar xotirasiga nisbatan hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga asos bo‘lgan;
Xo‘jaikon tuz konida yiliga 15 tonna tuz qazib oluvchi korxona barpo etilganligi, Surxondaryo oblastida kauchuk tashuvchi takasaqizning boy manbalari topilib, harakatdagi armiya ehtiyojlari uchun etkazib berilganligi, ipak qurtini yozda va kuzda takror boqilganligi hamda Termiz shahrida surxondaryoliklardan 92-alohida o‘qchi milliy brigadasi va 213-gvardiyachi o‘qchi diviziyasi shakllantirilganligi, o‘zbekistonlik jangchilardan tashkil topgan 1-gvardiyachi havo desanti diviziyasi fashizmga qarshi kurashda muhim rol` o‘ynaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 01-40-1767-son ma’lumotnomasi). Bu esa, mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlar ongiga ikkinchi jahon urushining mudhish oqibatlarini anglab etish hamda vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishga xizmat qilgan.