Karimov Baxrom Djalolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasining tarixiy geografiyasi (XVI-XIX asrlar )”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B.2022.2.PhD/Tar 1097
Ilmiy rahbar: Hasanov Akram Muminovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, dotsent, Xoliqulov Axmad Boymaxmatovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo vohasi so‘nggi o‘rta asrlar tarixiy geografiyasini yozma manbalar, arxiv xujjatlari, ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo vohasi bekliklarining tabiiy va siyosiy-tarixiy geografiyasi- shaharlar va bekliklarning joylashuv chegaralari, tarixiy voqealar evolyusiyasi, harbiy harakatlar oqibatlarining, janglarning xarita-sxemalari, xalq harakatlari geografiyasi tarixi bilan bog‘liq shu mintaqaga xos xususiyatlar ochib berilgan;
XVI-XIX asrning ikkinchi yarmida Qashqadaryo vohasi bekliklarining siyosiy-ma’muriy va ma’muriy-hududiy bo‘linishlari manbalar va “Qushbegi arxivi” materiallari asosida dalillanib, 794 ta tarixiy joy nomlari aniqlashtirilgan;
Ashtarxoniylar davridagi siyosiy parokandalik sababli Qashqadaryo vohasida alohida ma’muriy tizimga ega bo‘lgan G‘uzor, Chiroqchi, Yakkabog‘, Kitob bekliklarining ajralib chiqish omillari aniqlanib, tarixiy manbalar va arxiv ma’lumotlari asosida ularning tarixiy-geografik xaritasi yaratilgan;
tarixiy-geografik nuqtai nazardan turizmni rivojlantirishga qaratilgan Qashqadaryo vohasining joy nomlari va joylashuvining loyihaviy-grafik takliflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasi tarixiy geografiyasi mavzusiga doir qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
so‘nggi o‘rta asrlarda Qashqadaryo vohasidagi bekliklarning tarixiy geografiyasi, ularning Buxoro xonligining iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy hayotidagi o‘ziga xos o‘rni, XVI-XIX asrning ikkinchi yarmida Qashqadaryo vohasi bekliklarining siyosiy-ma’muriy va ma’muriy-hududiy bo‘linishlari manbalar va “Qushbegi arxivi” materiallari asosida dalillanib, 794 ta tarixiy joy nomlari aniqlashtirilganligi kabi ilmiy natijalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2020 yil 25 avgustda efirga uzatilgan “O‘zbekiston Ipak yo‘llarida”ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2020 yil 19 oktyabrdagi 02-40-981-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi voha shahar va qishloqlarining joylashuvi, bekliklarning siyosiy-ma’muriy va ma’muriy-hududiy, ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy hayotining o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Qashqadaryo vohasidagi bekliklarning so‘nggi o‘rta asrlargacha bo‘lgan shakllanish va rivojlanish bosqichlari, Ashtarxoniylar davridagi siyosiy bo‘linish, parokandalik sababli G‘uzor, Chiroqchi, Yakkabog‘, Kitob bekliklarining alohida ajralib chiqish omillari aniqlangan hamda mavjud tarixiy va moddiy ashyolar, ya’ni karvonsaroy va sardobalar qurilishi tajribalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 07 fevraldagi 01-01/307-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy manbalar va Qushbegi arxivi materiallari asosida voha bekliklarining tarixiy-geografik xaritalari yaratilgan hamda Qashqadaryo vohasining tarixiy qiyofasini tiklash maqsadida bekliklarning tarixiy geografik xaritalari yaratilgan va bu turizmni yanada rivojlantirish imkonini bergan.