Komolov Dilshod Pulatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston sud tizimi tarixi (1925-2020 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar169.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla Nuriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Muxitdinova Feruza Abdurashidovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1925-2020 yillarda O‘zbekiston sud tizimining qaror topishi va faoliyati tarixini manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekiston SSRda sovet sudlari tarqoq holda faoliyat yuritgani, mutaxassislar etishmasligi, ish yuritish uchun shart-sharoitlar bilan ta’minlanmagani va buning oqibatida mahalliy aholi qozi sudlariga murojaat etishda davom etgani, turli bo‘hton va ig‘volar bilan mahalliy kadrlarning bir qismi “qosimovchilik” nomi ostida qatag‘on qilinganligi dalillangan;
XX asrning 30-yillarida O‘zSSRning ma’muriy bo‘linishida yuz bergan o‘zgarishlar sud tizimiga salbiy ta’sir o‘tkazgani, sudlar tobora markazlashtirib borilgani, favqulodda sudlov idoralari tashkil etilib, 1937-1938 yillarda sud`yalarning bir qismi qatag‘on qilinganligi aniqlangan;
Stalin vafotidan keyin sud tizimida ayrim liberal islohotlarning amalga oshirilishi, sud-huquq sohasida ittifoqdosh respublikalar vakolatlarining qisman oshirilishi, sud`yalar milliy tarkibi o‘sib borganiga qaramasdan, tizimda kadrlar qo‘nimsizligi holatining hukm surishi hamda XX asrning 70-yillariga kelib, mustabid tuzum tomonidan sud`yalar korpusining qatag‘on qilinganligi ochib berilgan;
mustaqillik yillarida demokratik huquqiy davlat barpo etishning qonunchilik asoslari yaratilgani, hokimiyatlar bo‘linish tamoyiliga ko‘ra sudlar davlat hokimiyatining alohida va mustaqil tarmog‘iga aylangani, sudlarni jazolovchi organdan, insonlarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilgani isbotlangan;
2017 yildan bir-birining vazifasini takrorlaydigan sudlar hamda instansiyalar soni kamaytirilib, sud`yalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimi tubdan takomillashtirilgani, sud tizimida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish maqsadida ushbu idoralar faoliyatini raqamlashtirishganligi, sudlar faoliyatiga turli darajadagi mansabdor shaxslarning aralashuviga chek qo‘yishga qaratilgan kuchli ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sud tizimi tarixi (1925-2020 yillar) bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va taklif-tavsiyalardan:
XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekiston SSRda sovet sudlari tarqoq holda faoliyat yuritgani, mutaxassislar etishmasligi, ish yuritish uchun etarli shart-sharoitlar bilan ta’minlanmagani va buning oqibatida mahalliy aholi qozi sudlariga murojaat etishda davom etgani, turli bo‘hton va ig‘volar bilan mahalliy kadrlarning bir qismi “qosimovchilik” nomi ostida qatag‘on qilinganligi haqidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining fondlarini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 29 iyuldagi 3/1255-1787-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzeyni sohaga tegishli faktik materiallar, manbalar va tarixiy fotosuratlar bilan to‘ldirishga xizmat qilib, O‘zbekistonda sovet sud tizimining shakllanishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini bergan;
XX asrning 30-yillarida O‘zSSRning ma’muriy bo‘linishida yuz bergan o‘zgarishlar sud tizimiga salbiy ta’sir o‘tkazgani, sudlar tobora markazlashtirib borilgani, favqulodda sudlov idoralari tashkil etilib, 1937-1938 yillarda sud`yalarning bir qismi qatag‘on qilingani haqidagi ma’lumotlardan 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida amalga oshirilgan FA-AZ-GO40 «XIX asr oxiri-XX asrda O‘zbekistonda diniy siyosat va konfessiyalar» mavzusidagi amaliy loyihani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining 2021 yil 2 apreldagi 1/3-81-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi O‘zbekistonda sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan qatag‘onlar haqida aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Stalin vafotidan keyin sud tizimida ayrim liberal islohotlarning amalga oshirilishi, sud-huquq sohasida ittifoqdosh respublikalar vakolatlarining qisman oshirilishi, sud`yalar milliy tarkibi o‘sib borganiga qaramasdan, tizimda kadrlar qo‘nimsizligi holatining hukm surishi hamda XX asrning 70-yillariga kelib, mustabid tuzum tomonidan sud`yalar korpusining qatag‘on qilinishi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya idoralari tarixi muzeyining fondlarini qayta shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 30 iyundagi 6/6-5/3331-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzey fondlarini va ekspozisiyasini tarixiy hujjatlar, ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qildi;
mustaqillik yillarida demokratik huquqiy davlat barpo etishning qonunchilik asoslari yaratilgani, hokimiyatlar bo‘linish tamoyiliga ko‘ra sudlar davlat hokimiyatining alohida va mustaqil tarmog‘iga aylangani, sudlarni jazolovchi organdan, insonlarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilgani haqidagi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 22 avgustdagi 06-31-1363-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi natijasida teletomoshabinlar O‘zbekiston sud tizimining shakllanish bosqichlari, sud sohasida yuritilgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati haqida xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi;
2017 yildan bir-birining vazifasini takrorlaydigan sudlar hamda instansiyalar soni kamaytirilib, sud`yalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimi tubdan takomillashtirilgani, sud tizimida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish maqsadida ushbu idoralar faoliyatini raqamlashtirishga kirishilgani, sudlar faoliyatiga turli darajadagi mansabdor shaxslarning aralashuviga chek qo‘yishga qaratilgan kuchli ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratilgani haqidagi nazariy va amaliy xulosalaridan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining dasturiy vazifalarini, 2019 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovidagi partiya nomzodining saylovoldi dasturini ishlab chiqish va qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2022 yil 23 avgustdagi 01-03/286-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilishga xizmat qilgan.