Botirov Sarvar Ilxomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Buyuk Britaniyalik olimlar tadqiqotlarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning yoritilishi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar529.
Ilmiy rahbar: Djuraev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor, Farmonov Raxmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buyuk Britaniyada Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan qiziqishlarning paydo bo‘lishi sababli amalga oshirilgan ekspedisiyalar natijasida to‘plangan ma’lumotlar, mazkur mintaqani o‘rganish maqsadida tashkil etilgan turli tadqiqot muassasalari faoliyatidagi ilmiy manbalar, shuningdek, XX-XXI asr boshlarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid amalga oshirilgan tadqiqotlarni tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Sharq tillaridagi va mahalliy yozma manbalarda o‘rin olmagan O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid ko‘plab yangi va birlamchi ma’lumotlarning Buyuk Britaniyalik U.Murkroft, A.Byorns, J.Abbot, J.Vul`f, D.Bul`jer va G.Roulinson kabi tadqiqotchilarning asarlarida uchrashi dalillangan;
XIX-XX asrlar davomida Buyuk Britaniyada tashkil topgan ko‘pgina Sharq mamlakatlari kabi O‘rta Osiyo mintaqasini ham tadqiq etishga ixtisoslashgan Qirollik geografiya jamiyati, Qirollik Osiyo jamiyati hamda Kembrij, Oksford, London, Ekzeter, Manchester, Sent-Endryus universitetlarida Sharq mamlakatlarini tadqiq qilish maktablarining paydo bo‘lishi tarixi, ularning faoliyati, amalga oshirgan tadqiqotlari va ilmiy nashrlarining natijalari ochib berilgan;
Qirollik geografiya jamiyati, Qirollik Osiyo jamiyati va boshqa ilmiy muassasalar faoliyatini tahlil qilish natijasida Britaniyalik tadqiqotchilar tomonidan mintaqada olib borilgan ilmiy ekspedisiyalar davomida O‘zbekistonning tabiati, geografiyasi, tabiiy resurslari, irrigatsiya tizimi, qishloq xo‘jaligi shuningdek, mintaqa xalqlarining etnografik qiyofasiga, an’analari va turmush tarziga oid ko‘plab ma’lumotlar aniqlanib, o‘z davrida Evropada ilmiy iste’molga kiritilganligi aniqlangan;
mustaqillik yillarida Buyuk Britaniyada amalga oshirilgan Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston tarixi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ijtimoiy antropologiya, etnografiya, urbanizatsiya, shaharlar transformatsiyasi, milliy o‘zlikni anglash va boshqa sohadagi tadqiqotlar fan tarmoqlari kesimida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buyuk Britaniyalik olimlar tadqiqotlarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning yoritilishi mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sharq tillaridagi va mahalliy yozma manbalarda o‘rin olmagan O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid ko‘plab yangi va birlamchi ma’lumotlarning Buyuk Britaniyalik U.Murkroft, A.Byorns, J.Abbot, J.Vul`f, D.Bul`jer va G.Roulinson kabi tadqiqotchilarning asarlarida uchrashi dalillanganligi hamda XIX-XX asrlar davomida Buyuk Britaniyada tashkil topgan ko‘pgina Sharq mamlakatlari kabi O‘rta Osiyo mintaqasini ham tadqiq etishga ixtisoslashgan Qirollik geografiya jamiyati, Qirollik Osiyo jamiyati hamda Kembrij, Oksford, London, Ekzeter, Manchester, Sent-Endryus universitetlarida Sharq mamlakatlarini tadqiq qilish maktablarining paydo bo‘lishi tarixi, ularning faoliyati, amalga oshirgan tadqiqotlari va ilmiy nashrlarining natijalari ochib berilganligi bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi o‘z faoliyatida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2022 yil 13 iyundagi 04/6-10-61-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikning tarixiy jihatlarini o‘rganishda Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Buyuk Britaniya parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi ish rejasini ishlab chiqishda ma’lumot sifatida kiritilgan;
Qirollik geografiya jamiyati, Qirollik Osiyo jamiyati va boshqa ilmiy muassasalar faoliyatini tahlil qilish natijasida Britaniyalik tadqiqotchilar tomonidan mintaqada olib borilgan ilmiy ekspedisiyalar davomida O‘zbekistonning tabiati, geografiyasi, tabiiy resurslari, irrigatsiya tizimi, qishloq xo‘jaligi shuningdek, mintaqa xalqlarining etnografik qiyofasiga, an’analari va turmush tarziga oid ko‘plab ma’lumotlar aniqlanib, o‘z davrida Evropada ilmiy iste’molga kiritilganligi aniqlanganligi xususidagi yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasida “O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining kelgusidagi istiqbollari” mavzusidagi treningni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasining 2022 yil 12 avgustdagi 15/208-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu treningda foydalanilgan ma’lumotlar ishtirokchilarda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini tahlil qilishda O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid Buyuk Britaniyada amalga oshirilgan tadqiqotlarga oid tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan;
mustaqillik yillarida Buyuk Britaniyada amalga oshirilgan Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston tarixi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ijtimoiy antropologiya, etnografiya, urbanizatsiya, shaharlar transformatsiyasi, milliy o‘zlikni anglash va boshqa sohadagi tadqiqotlar fan tarmoqlari kesimida ochib berilganligi, Buyuk Britaniyada Markaziy Osiyoni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi va uni yuzaga keltirgan omillar, Markaziy Osiyoga oid tadqiqotlar rivojining asosiy bosqichlari, Markaziy Osiyoni o‘rganishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasasalari va ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ushbu markaz va muassasa tadqiqotlarining ilmiy nashrlarda yoritilishi, undan tashqari, Britaniyada O‘zbekiston Respublikasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 iyuldagi 06-28-983-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuv tomoshabinlarda Buyuk Britaniyadagi dunyoning turli mintaqalari barobarida O‘rta Osiyo mintaqasini ham tadqiq etishga ixtisoslashgan Qirollik geografiya jamiyati, Qirollik Osiyo jamiyati, Kembrij, Oksford, London, Ekzeter, Manchester, Sent-Endryus universitetlaridagi Sharq mamlakatlarini tadqiq qilish maktablari faoliyati, amalga oshirgan tadqiqotlari va ilmiy nashrlariga oid tushunchalar hosil bo‘lishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish