Boqiev Bahrom O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekiston ijodiy ziyolilarining madaniy jarayonlardagi o‘rni, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar602.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Bahtiyor Vahobovich, tarix fanlari doktori, professor; Qobilov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekiston ijodiy ziyolilarining madaniy jarayonlardagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ijodiy ziyolilarning XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi hayoti va faoliyati qirralari ma’muriy-buyruqbozlik tuzumiga qaramay, O‘zbekistonda ijodiy ziyolilarning milliy an’analarga asoslangan yo‘nalishlarda markaziy hududlardan farqli o‘laroq, ijodkorlarning kundalik turmushdagi muammolariga, XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi hayoti va faoliyati doir hujjatlar asosida ijod qilishga bo‘lgan to‘sqinlik singari ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari dalillangan;
sovet hokimiyatining “moddiy rag‘batlantirish” evaziga ijodkor ziyolilarning g‘oyaviy sadoqati va tuzumga mafkuraviy jihatdan xizmat qilishiga erishilganligi borasidagi fanda mavjud nazariyaning hayotiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, aksincha o‘ta qiyin sharoitlarda bo‘lsa-da, ijodkor ziyolilarning o‘zlikni saqlab qolishda erishgan yutuqlari kommunistik mafkura g‘oyalari ilgari surilgan nihoyatda og‘ir sharoitda ham xalqimizning o‘tmish tarixini, milliy an’analari, milliy udumlarini tarannum etgan ijodkor ziyolilarning faolligi asoslangan;
mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar O‘zbekiston ijodkor ziyolilarining faoliyatida yuksalish, ular faoliyatining kuchayib borganligi dalillangan;
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish davrida ijodkor ziyolilar muhim o‘rin tutayotganligi va mas’uliyati yanada oshganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekiston ijodiy ziyolilarining madaniy jarayonlardagi o‘rnini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida:
ma’muriy-buyruqbozlik tuzumiga qaramay, O‘zbekistonda ijodiy ziyolilarning milliy an’analarga asoslangan yo‘nalishlarda markaziy hududlardan farqli o‘laroq, ijodkorlarning kundalik turmushdagi muammolariga, XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi hayoti va faoliyati doir hujjatlar asosida ijod qilishga bo‘lgan to‘sqinlik singari ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar O‘zbekiston ijodkor ziyolilarining faoliyatida yuksalish, ular faoliyatining kuchayib borganligiligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 8 oktyabrdagi F-5598-son Farmoyishida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda qaytadan jihozlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyasining “1940-1950 yillardagi qatag‘on siyosati”, “1980 yillardagi qatag‘onlar: “Paxta ishi” kampaniyasi, “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991 yildan keyingi davr)” hamda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” bo‘limlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi 2022 yil 6 apreldagi 62-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot ishida keltirilgan materiallar muzey ko‘rgazmalari uchun eksponatlarni tayyorlash, boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
sovet hokimiyatining “moddiy rag‘batlantirish” evaziga ijodkor ziyolilarning g‘oyaviy sadoqati va tuzumga mafkuraviy jihatdan xizmat qilishiga erishilganligi borasidagi fanda mavjud nazariyaning hayotiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, aksincha o‘ta qiyin sharoitlarda bo‘lsa-da, ijodkor ziyolilarning o‘zlikni saqlab qolishda erishgan yutuqlari kommunistik mafkura g‘oyalari ilgari surilgan nihoyatda og‘ir sharoitda ham xalqimizning o‘tmish tarixini, milliy an’analari, milliy udumlarini tarannum etgan ijodkor ziyolilarning faoliyati, ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni, sohada qabul qilingan farmon, qaror, va farmoyishlar, muammo va echimlar haqidagi xulosalardan hamda O‘zbekiston ijodkor ziyolilar faoliyatida olib borilayotgan islohotlarning natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” unitar korxonasining 2022 yil 4 iyuldagi 06-28-984-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlarning O‘zbekistonda ijodkor ziyolilar faoliyati va sohadagi islohotlar to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam bergan.