Samadqulov Muxammad Islom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1963.
Ilmiy rahbar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shokirova Farog‘at Boltaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy innovatsion salohiyatni baholashning tarkibiy qismlari, hususan moliyaviy, moddiy, kadrlar bo‘yicha va natijaviy tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga umumlashgan holda yondashishning maqsadga muvofiqligi nazariy-uslubiy jihatdan asoslanib, unga ko‘ra innovatsion salohiyatni baholash uslubiyati takomillashtirilgan;
innovatsion klasterlarni davlat-hususiy sherikchilik asosida shakllantirish orqali milliy innovatsion salohiyatni ustuvor rivojlantirish va undan samarali foydalanish, innovatsion-sanoat klasterlari va ular ishtirokchilarining optimal tarkibi nazariy-uslubiy jihatdan asoslab berilgan;
milliy innovatsion salohiyatni oshirish mexanizmi hususiy sektor innovatsion faoliyatini moliyaviy vositalar asosida rag‘batlantirish, hududlarda innovatsion kadrlar tayyorlashni ustuvor tashkil etish va ilmiy kadrlarni takror hosil qilish yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmini moliya-sanoat guruhlarini tashkil qilish va ular faoliyatini davlat tomonidan monetar vositalar asosida qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
milliy innovatsion salohiyatni baholashga kompleks yondashishgan holda uning tarkibiy qismlari, hususan, moliyaviy, moddiy, kadrlar bo‘yicha va natijaviy tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga umumlashgan holda yondashish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan mamlakatning innovatsion salohiyatini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98-son “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 22 iyundagi 05/32-01/10-37-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi istiqbolda innovatsion sohadagi o‘zgarishlarning real holatini baholashning aniqlik darajasini oshirish va byudjet mablag‘larini muayyan darajada tejashga xizmat qilgan;
innovatsion klasterlarni davlat-hususiy sherikchilik asosida shakllantirish orqali milliy innovatsion salohiyatni ustuvor rivojlantirish va undan samarali foydalanish, sanoat klasterlari ular ishtirokchilarining optimal tarkibini belgilash bo‘yicha berilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2022 yil 12 maydagi 05-10/1110-son va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 22 iyundagi 05/32-01/10-37-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar respublikada davlat-hususiy sherikchiligi asosida innovatsion korxonalarni tashkil qilish, ularning kapitallashuv darajasini oshirish, innovatsiyalarga investisiyalar hajmini ko‘paytirish, davlat tomonidan moliyalashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
milliy innovatsion salohiyatni oshirish mexanizmini hususiy sektor innovatsion faoliyatini moliyaviy vositalar asosida rag‘batlantirish, hududlarda innovatsion kadrlar tayyorlashni ustuvor tashkil etish va ilmiy kadrlarni takror hosil qilish yondashuviga ko‘ra takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Xususiy sektorda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va ilmiy soha xodimlari sonini oshirish chora-tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 22 iyundagi 05/32-01/10-37-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi innovatsion korxonalar va xodimlar sonini ko‘paytirish hamda ular faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi;
innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini oshirishda moliya-sanoat guruhlari faoliyatini davlatning monetar vositalari asosida qo‘llab-quvvatlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan “Innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2022 yil 12 maydagi 05-10/1110-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif respublikada innovatsion salohiyatni oshirish va innovatsion faoliyatga hususiy sektorni samarali jalb qilishning qo‘shimcha imkoniyatlarini asoslashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish