Muxitdinova Muyassar Ziyaviddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishning iqtisodiy mexanizmi», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt556.
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulkosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi daromadlari va turmush darajasi mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat transfert dasturlari samaradorligini oshirish, mablag‘lar taqsimotining manzillilik xususiyatini kuchaytirishda aholining ijtimoiy jihatdan muhtojligi chegarasini ishlab chiqish va yashash minimumining ijtimoiy standartlarini joriy qilish nazariy-uslubiy jihatdan asoslangan;
aholi real daromadlari va inflyasiyaning bog‘liqligi, iste’mol tovarlari narxining o‘sishiga ko‘ra daromadlarni indeksatsiyalash orqali nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borishi nazariy-uslubiy jihatdan asoslangan;
aholi iste’mol xarajatlari va jamg‘armalarini o‘zgarish tendensiyasini aniqlash darajasini oshirishda iste’molchilarning umumiy iqtisodiy o‘zgarishlar va moliyaviy ahvoli bo‘yicha kutishlarni so‘rovnomalar orqali aniqlashdan statistika tizimida foydalanishning maqsadga muvofiqligi nazariy-uslubiy jihatdan asoslab berilgan;
aholining kam ta’minlangan qatlamlari tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash tizimi olingan mablag‘lar bo‘yicha foizlar to‘lamaslik va ijtimoiy himoya samaradorligini oshirishga asoslangan holda Vaqf islom moliya instituti mexanizmiini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasini iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat transfert dasturlari samaradorligini oshirish, mablag‘lar taqsimotining manzillilik xususiyatini kuchaytirishda aholining ijtimoiy jihatdan muhtojligi chegarasini ishlab chiqish va yashash minimumining ijtimoiy standartlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 26 maydagi 03/13-03-10/10-1993-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davlat byudjeti mablag‘lardan foydalanishning manzillilik darajasini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
aholi real daromadlari va inflyasiyaning bog‘liqligi, iste’mol tovarlari narxining o‘sishiga ko‘ra daromadlarni indeksatsiyalash orqali nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan statistik-tahlil amaliyotiga joriy qilingan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 6 noyabrdagi 01/41317/2135 3-2/20-20-1025-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida aholining real daromadlarini aniqlash darajasini oshirishning statistik-tahlil imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
iste’molchilarning umumiy iqtisodiy o‘zgarishlar va moliyaviy ahvoli bo‘yicha kutishlarni so‘rovnomalar orqali aniqlashni statistika tizimida foydalanishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan aholi daromadlaridagi o‘zgarishlar, iste’mol bozorining sig‘imi, ularning mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan talabga ta’siri, o‘z navbatida byudjet daromadlari va aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari statistik-tahlil amaliyotiga joriy qilingan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 6 noyabrdagi 01/41317/2135 3-2/20-20-1025-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning statistik tahlil amaliyotiga joriy qilinishi iste’mol xarajatlari va jamg‘armalari o‘zgarishi tendensiyalarini baholashning aniqlik darajasini oshirishga, ishlab chiqaruvchilar faoliyati natijalari va milliy loyihalarni amalga oshirishda statistik-tahlil imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
aholining kam ta’minlangan qatlamlari tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash tizimi olingan mablag‘lar bo‘yicha foizlar to‘lamaslik va ijtimoiy himoya samaradorligini oshirishga asoslangan holda Vaqf islom moliya instituti mexanizmiini qo‘llash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 26 maydagi 03/13-03-10/10-1993-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kam ta’minlangan aholining tadbirkorlik faoliyatini qarz majburiyatlari qulayligi negizida rivojlantirishga va mazkur institut mablag‘laridan kam ta’minlangan aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadi va samarali foydalanishga yo‘naltirishga xizmat qilgan.