Maxkamova Saida Gayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish», 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1812.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
materiallar (joriy aktivlar) tarkibiga kiritib kelinayotgan katalizatorlarni asosiy vositalar (uzoq muddatli aktivlar) sifatida tan olish orqali katalizatorlar hisobini yuritishda ishchi schyotlar rejasiga 0191-“Katalizatorlar” va 0291-“Katalizatorlarning eskirishi” schyotlarini kiritish taklifi asoslangan;
neftni qayta ishlash korxonalarida qaytariladigan chiqindilar va reagentlar hisobini materiallardan samarali foydalanish va nazoratini kuchaytirishni ta’minlovchi 1015-“Qaytariladigan chiqindilar” va 1023-“Kimyoviy reagentlar” schyotlarini kiritish orqali takomillashtirish asoslangan;
neftni qayta ishlash korxonalarida an’anaviy tartibga ko‘ra mahsulot (ish, xizmat) tannarxini aniqlashdagi kal`kulyasiya moddalari tarkibiga “Ustama xarajatlari” moddasini kiritish orqali neftni qayta ishlash xarajatlarini to‘g‘ri taqsimlash taklifi asoslangan;
neftni qayta ishlash korxonalarida moliyaviy natijalarni aniqlash hamda korxona hisob siyosati tarkibiga “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish” moddasini kiritish orqali tarmoq faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarni to‘g‘ri shakllantirish va aniqlashni takomillashtirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan quyidagi takliflar amaliyotda foydalanish uchun qabul qilindi:
materiallar (joriy aktivlar) tarkibiga kiritib kelinayotgan katalizatorlarni asosiy vositalar (uzoq muddatli aktivlar) sifatida tan olish orqali katalizatorlar hisobini yuritishda ishchi schyotlar rejasiga 0191-“Katalizatorlar” va 0291-“Katalizatorlarning eskirishi” schyotlarini kiritish taklifi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 9 sentyabrdagi 08-36-4-985-son ma’lumotnomasi, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 21 apreldagi 01-03/1058–son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada katalizatorlarni asosiy vositalar sifatida tan olinganda, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxining bir maromda shakllanishi kuzatilib, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini 5 foizga qadar kamaytirish imkoni yaratilgan;
neftni qayta ishlash korxonalarida qaytariladigan chiqindilar va reagentlar hisobini materiallardan samarali foydalanish va nazoratini kuchaytirishni ta’minlovchi 1015-“Qaytariladigan chiqindilar” va 1023-“Kimyoviy reagentlar” schyotlarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 9 sentyabrdagi 08-36-4-985-son ma’lumotnomasi, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 21 apreldagi 01-03/1058–son ma’lumotnomasi). Natijada qaytariladigan chiqindilar aniq bir schyotda hisobga olinishi ularning ustidan to‘g‘ri nazorat olib borilishi va korxona ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmat) tannarxining to‘g‘ri shakllanishini ta’minlanib, korxona qarz shartnomalari bo‘yicha ishlashi uchun qulayliklar yaratilgan, reagentlar bo‘yicha qilinadigan monitoringlar uchun ketadigan vaqt tejalgan hamda korxona ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmat) tannarxining to‘g‘ri shakllanishi ta’minlangan;
neftni qayta ishlash korxonalarida an’anaviy tartibga ko‘ra mahsulot (ish, xizmat) tannarxini aniqlashdagi kal`kulyasiya moddalari tarkibiga “Ustama xarajatlari” moddasini kiritish orqali neftni qayta ishlash xarajatlarini to‘g‘ri taqsimlash taklifi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 9 sentyabrdagi 08-36-4-985-son ma’lumotnomasi, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 21 apreldagi 01-03/1058–son ma’lumotnomasi). Natijada kal`kulyasiya moddalari tarkibiga “Ustama xarajatlar” moddasining kiritilishi ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri guruhlanishini, shakllanishini va yakuniy moliyaviy natijaning to‘g‘ri aniqlanishi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlarning to‘g‘ri guruhlanishini ta’minlagan;
neftni qayta ishlash korxonalarida moliyaviy natijalarni aniqlash hamda korxona hisob siyosati tarkibiga “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish” moddasini kiritish orqali tarmoq faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarni to‘g‘ri shakllantirish va aniqlashni takomillashtirish taklifi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 21 apreldagi 01-03/1058–son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishdagi me’yoriy tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovutni aniqlash, ularni hisobdan chiqarish va yakuniy moliyaviy natijani to‘g‘ri aniqlash imkoniyatini bergan.