Mambetnazarov Baxit Bisenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qishloq xo‘jaligi tadbirkorligining xususiyatlari va rivojlantirish istiqbollari” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi dehqon xo‘jaliklari misolida), 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1090.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kalimbetov Xaliqnazar Kurbanbaevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi sohasida dehqon xo‘jaliklarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dehqon xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va uzoq muddat saqlovchi texnika va texnologiyalarni etkazib beruvchi davlat infratuzilma tashkiloti faoliyatini joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va resurslar bilan ta’minlashni takomillashtirish taklifi asoslangan; 
dehqon xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish (Iich), qayta ishlash (Iqi) va tovarlilik (It) darajasini “transformatsiyalashuv indeks”lari (IT) yordamida baholagan holda yakka tartibdagi tadbirkor (ITYaTT=0,65), oilaviy tadbirkorlik (ITOT=0,70), oilaviy korxona (ITOK=0,75), dehqon (ITDX=0,80) va fermer (ITFX=0,85) xo‘jaliklari ko‘rinishidagi tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘tkazish taklifi ishlab chiqilgan;
tuman miqyosidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi bilan dehqonchilik hamda chorvachilik mahsulotlarini etishtirib berish uchun har bir navbatdagi yil uchun oldindan etishtirib beriladigan mahsulotlar hajmi, muddati, narxi, tashish shartlari, ishlab chiqarish uchun talab etiladigan resurslar hamda bo‘nak berish masalalari aniq belgilangan f`yuchers shartnomalarini tuzish orqali dehqon xo‘jaliklarini rag‘batlantirish asoslangan;
Ⱪoraqalpog‘iston Respublikasi dehqon xo‘jaliklarining transformatsiyalashuv jarayonlari hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi sohasida dehqon xo‘jaliklarni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar asosida:
dehqon xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va uzoq muddat saqlovchi texnika va texnologiyalarni etkazib beruvchi davlat infratuzilma tashkiloti faoliyatini joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va resurslar bilan ta’minlashni takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi sohasida dehqon xo‘jaliklarni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 03/015-3837-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida dehqon xo‘jaliklarga mineral va organik o‘g‘itlar, kimyoviy va biologik vositalar hamda chorvachilikda zooveterinariya dori-darmonini etkazib berish hajmi ko‘payib, realizatsiya jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq tranzaksiya xarajatining kamayishi hisobiga dehqon xo‘jaliklarning tadbirkorlik faoliyatida rivojlanish kuzatilgan;
dehqon xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish (Iich), qayta ishlash (Iqi) va tovarlilik (It) darajasini “transformatsiyalashuv indeks”lari (IT) yordamida baholagan holda yakka tartibdagi tadbirkor (ITYaTT=0,65), oilaviy tadbirkorlik (ITOT=0,70), oilaviy korxona (ITOK=0,75), dehqon (ITDX=0,80) va fermer (ITFX=0,85) xo‘jaliklari ko‘rinishidagi tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘tkazish taklifi Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi sohasida dehqon xo‘jaliklarni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 03/015-3837-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tovarlilik darajasidan kelib chiqqan holda turli ko‘rinishidagi tashkiliy-huquqiy shakllarga transformatsiyalash jarayonlarini tartibga solish imkoni yaratilgan;
tuman miqyosidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi bilan dehqonchilik hamda chorvachilik mahsulotlarini etishtirib berish uchun har bir navbatdagi yil uchun oldindan etishtirib beriladigan mahsulotlar hajmi, muddati, narxi, tashish shartlari, ishlab chiqarish uchun talab etiladigan resurslar hamda bo‘nak berish masalalari aniq belgilangan f`yuchers shartnomalarini tuzish orqali dehqon xo‘jaliklarini rag‘batlantirish taklifi Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi sohasida dehqon xo‘jaliklarni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 03/015-3837-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotilishining kafolatlanishi natijasida moliyaviy sharoitni yaxshilash va innovatsion texnologiyalardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2-3 barobar oshirish, etishtirilgan mahsulotlarni saqlash, sotish jarayonida xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash imkoni yaratilgan;
Ⱪoraqalpog‘iston Respublikasi dehqon xo‘jaliklarining transformatsiyalashuv jarayonlari hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi sohasida dehqon xo‘jaliklarni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 03/015-3837-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida respublikaning qishloq joylarida dehqon xo‘jaliklari asosdagi tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda o‘zaro muvofiqlik va izchillikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish