Kaxxarov Zuxriddin Zafarbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektr energiyasi ta’minoti sub’ektlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1444.
Ilmiy rahbar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Do‘smuratov Rajabboy Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektr energiyasi ta’minoti sub’ektlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiya ta’minoti sub’ektlarida moliyaviy hisobotlar va aylanma-qoldiq qaydnoma ma’lumotlaridan foydalanib, xarajatlar xususiyatiga ko‘ra foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot tuzishning «Ishchi transformatsiya jadvallari» ishlab chiqilgan;
0120 – «Bino, inshoot va o‘tkazuvchi moslamalar» ni hisobga oluvchi schyot tarkibida elektr energiyasi tannarxini va boshqa tovar hamda xizmatlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish uchun 0123 – «Uzatish simlari», 0124 – «Tayanchlar» va 0125 – «Izolyatorlar» ishchi schyotlarini ochish taklif etilgan;
0130 – «Mashina va asbob-uskunalar» ni hisobga oluvchi schyot tarkibida asosiy vositalarning elektr energiyasini uzatishdagi ishtiroki va xususiyatlaridan kelib chiqib, 0131 – «Kuchlantiruvchi transformatorlar», 0132 – «Kuchlantiruvchi mashina va uskunalar» va 0132 – «O‘lchov va boshqaruv moslamalari» ishchi schyotlarini ochish taklif etilgan;
elektr energiyasi ta’minoti sub’ektlarida “franko-iste’molchi” asosida tannarxni elektr uzatishning turli tarmoqlari bo‘yicha hisoblash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr energiyasi ta’minoti sub’ektida buxgalteriya hisobini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiya ta’minoti sub’ektlarida moliyaviy hisobotlar va aylanma-qoldiq qaydnoma ma’lumotlaridan foydalanib, xarajatlar xususiyatiga ko‘ra foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot tuzishning «Ishchi transformatsiya jadvallari» taklifi «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 yil uchun moliyaviy hosobotlarni tuzishda foydalanilgan («Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlarining 2022 yil 2 iyundagi 30-25/1776-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik sub’ektida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida xarajatlar xususiyatiga ko‘ra foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot tuzish samaradorligi oshirishga erishilgan;
asosiy vositalar hisobini takomillashtirish uchun 0120 – «Bino, inshoot va o‘tkazuvchi moslamalar»ni hisobga oluvchi schyot tarkibida 0123 – «Uzatish simlari», 0124 – «Tayanchlar» va 0125 – «Izolyatorlar» ishchi schyotlarini ochish taklifi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 va 2022 yillar uchun hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 23 sentyabrdagi 01-05-32/3353-son va «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlarining 2022 yil 2 iyundagi 30-25/1776-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida jamiyatda inshootlar va uzatuvchi moslamalar hisobini olib borish samaradorligi 10 foizga oshgan;
elektr energiyasini uzatishdagi ishtiroki va xususiyatlaridan kelib chiqib asosiy vositalar hisobini takomillashtirish uchun 0130 – «Mashina va asbob-uskunalar»ni hisobga oluvchi schyot tarkibida ochilgan 0131 – «Kuchlantiruvchi transformatorlar», 0132 – «Kuchlantiruvchi mashina va uskunalar» va 0132 – «O‘lchov va boshqaruv moslamalari» ishchi schyotlarini ochish taklifi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 va 2022 yillar uchun hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 23 sentyabrdagi 01-05-32/3353-son va «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlarining 2022 yil 2 iyundagi 30-25/1776-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida jamiyatda mashina va asbob-uskunalar hisobini olib borish samaradorligi 10 foizga oshgan;
elektr energiyasi ta’minoti korxonalarida “franko-iste’molchi” asosida tannarxni elektr uzatishning turli tarmoqlari bo‘yicha hisoblash tizimi taklifi «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatilarining 2021 va 2022 yillar uchun hisob siyosatini ishlab chiqish va tannarx kal`kulyasiyasida foydalanilgan («Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlarining 2022 yil 2 iyundagi 30-25/1776-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatlarda tannarxni aniqlash samaradorligi 10 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish