Gafurova Umida Fatixovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar investision va innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish masalalari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2196.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Haydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar investision va innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonaning ustav fondidagi xorijiy investisiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish taklif etilgan;
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini va ushbu korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish zarurligi asoslangan;
mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, faqat o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinishi taklif etilgan;
xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berilishi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar investision va innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish masalalari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonaning ustav fondidagi xorijiy investisiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PQ-5495-son «O‘zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 1 iyuldagi 06/04-32/2336-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat iqtisodiyotini sarmoya bilan ta’minlashda chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshishiga hamda ular faoliyatini takomillashtirilgan;
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini va ushbu korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish  taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PQ-5495-son «O‘zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 1 iyuldagi  06/04-32/2336-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirilishi mamlakatda qulay investision muhiti yaratilib, investision faoliyatning jozibadorligini oshirgan; 
mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, faqat o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 avgustdagi PQ-5228-son «Surxondaryo viloyatida qulay investisiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 1 iyuldagi 06/04-32/2336-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy sanoat korxonalarida imtiyoz hisobidan mablag‘larni o‘z ixtiyorida qoldirilishi ularda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishga erishilgan;
xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi 306-son «Xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 1 iyuldagi 06/04-32/2336-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investisiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish