Bozorova Saxobat Abdujapparovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Aholi ish bilan bandlik darajasini oshirishda rekruting agentliklarining o‘rni», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1027.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi ish bilan bandlik darajasini oshirishda rekruting agentliklari faoliyati takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rekruting agentliklari va bandlikka ko‘maklashish markazlarining bandlik xizmatlari hamkorligi generatsiyasi tizimi aholini ishga joylash-tirishda hamkorlik, bandlik loyihalaridagi ishtiroki, mehnat bozorining shaffofligi darajasini oshirish va bandlik xizmatlarida raqobat nuqtasi kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
rekruting agentligi faoliyati samaradorligi baholash tahliliga uslubiy yondashuv samaradorlikka sezilarli ta’sir qiluvchi omilar aniqlangan holda uchta faraz bo‘yicha ko‘p omilli ekonometrik modellar statistik ahamiyatiga ko‘ra samaradorlikni oshirish bo‘yicha iqtisodiy algoritm takomillashtirilgan;
rekruting agentigi faoliyatini rekonfiguratsiya strukturasi uslubiy jihatdan fuqarolarning ishonchini qayta shakllantirishda qisqa vaqtda ishga yollash, yollanma xodimlar adaptatsiyasi va rekruting agentligi faoliyatini boshlashda kamida besh resipient davlat mahalliy ish beruvchilarining bo‘sh ish o‘rinlari bazasi shakllantirilgani kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
rekruting agentliklari faoliyatini tashkil qilishning xorijiy tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari milliy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, jumladan ijtimoiy paketlarga ko‘ra ishga yollash, bandlik autsorsingini tashkil etish, HR normalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish, rekruting agentliklari faoliyatini lisenziyalash tartibini ishlab chiqish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi ish bilan bandlik darajasini oshirishda rekruting agentliklarining o‘rni tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aholini ishga joylashtirishda hamkorlik, bandlik loyihalaridagi ishtiroki, mehnat bozorining shaffofligi darajasini oshirish va bandlik xizmatlarida raqobat nuqtasi kabilarga ko‘ra rekruting agentliklari va Aholi bandlikka ko‘maklashish markazlarining bandlik xizmatlari hamkorligi takomillashtirilgan generatsiyasi tizimi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “Salohiyatli ish beruvchilarni izlash va xususiy bandlik agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik boshqarmasi” faoliyatida keng foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 01/00-03/09-6504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish rekruting agentliklari va aholi bandlikka ko‘maklashish markazlari xizmatlarining hamkorlik generatsiyasi aholi ish bilan bandlik xizmatlarini yo‘lga qo‘yishda uch tomonlama manfaatli aloqalar nuqtasini topish imkonini bergan;
rekruting agentligi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takomillashtirilgan iqtisodiy algoritmdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini lisenziyalash va monitoring qilish boshqarmasi” faoliyatida foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 01/00-03/09-6504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida rekruting agentliklari faoliyati samardorligini oshirish, amaldagi kamchiliklarni bartaraf etish va ish bandlikning innovatsion shakllarini tashkil qilish imkonini bergan;
uslubiy jihatdan takomillashtirilgan rekruting agentliklari faoliyatini rekonfiguratsiya strukturasi yondashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini lisenziyalash va monitoring qilish boshqarmasi”da xususiy bandlik agentliklarini tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 01/00-03/09-6504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish agentliklar tashkiliy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasini mazmunan yangilash, bo‘sh ish joylari soni va tarkibi, kasbiy ta’lim kurslari va mehnat bozori kon’yukturasidan kelib chiqib maslahat xizmatlarini tashkil etishning ko‘lamini kengaytirish imkonini bergan;
rekruting agentliklari faoliyatini tashkil qilishning xorijiy tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari milliy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “Salohiyatli ish beruvchilarni izlash va xususiy bandlik agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik boshqarmasi” faoliyatida xorijiy ish beruvchilarni ishga yollash tajribalarini milliy mehnat bozoriga moslashtirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 01/00-03/09-6504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mamlakatda va boshqa davlatlarda ishga yollash ishlarini xalqaro talablarga muvofiqlishtirish darajasini oshirish, start-up va o‘z shaxsiy biznesni tashkil etish, rivojlantirishga yordam berish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, yollangan xodimlar uchun bepul yuridik yordam ko‘rsatish ko‘lamini yanada oshirish, rekruting agentliklarining kompaniyalar uchun HR normalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, agentliklarning yangi kasbga (mutaxassislikka) o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bilan bog‘liq vazifalariga alohida e’tibor qaratish hamda agentliklar faoliyati natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni muntazam ravishda e’lon qilib borish bo‘yicha faoliyati samaradorligni yanada oshirishga xizmat qilgan.