Razikova Dilnoza Kadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arterial gipertenziya bilan asoratlangan koronavirus infeksiyali bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati holatini baholash va uni davolash taktikasi», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2138.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori; Maxkamov Mohir Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arterial gipertenziya negizida kechayotgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining holatini o‘rganish va davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
arterial gipertenziyaning I va II bosqichlari negizida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda stomatologik kasalliklar, jumladan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont kasalliklarining uchrash chastotasi va og‘irlik darajasi ishonarli ravishda yuqoriligi aniqlangan;
arterial gipertenziyaning I va II bosqichlari negizida COVID-19 bilan asoratlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i immunologik muvozanatining yallig‘lanishga qarshi yo‘nalishda siljishi va yallig‘lanish jarayonining rivojlanish darajasiga sitokin vositachiligidagi mexanizmlarning roli asoslangan;
arterial gipertenziyaning ikkala bosqichdagi negizida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiya va renin-angiotenzin-aldosteron tizimi faoliyatida kuzatilgan o‘zgarish darajalari patologik jarayonlar klinik belgilariga muvofiqligi aniqlangan;
arterial gipertenziya negizida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immunitetini korreksiya qilish, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyalarini kamaytirishga yo‘naltirilgan davo-profilaktika choralari klinik, immunologik, biokimyoviy tadqiqot natijalari bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Arterial gipertenziya bilan asoratlangan koronavirus infeksiyali bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati holatini baholash va uni davolash taktikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
arterial gipertenziyaning I va II bosqichlari negizida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini tashxislash va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 martdagi 8n-r/256-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma arterial gipertenziya bilan asoratlangan koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini o‘rganish va kompleks davolash usullarini asoslash imkonini bergan;
arterial gipertenziya bilan asoratlangan koronavirus infeksiyali bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati holatini baholash va uni davolash taktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, Buxoro viloyati Vobkent hamda Romitan tuman stomatologiya poliklinikalarida sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n-d/51-son ma’lumotnomasi). Natijada shu hududlardagi aholi orasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini davolashda ijobiy natijalar olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish