Madatov Kurbonboy Aminboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli genezli mexanik sariqlikda gen modifikatorlar polimorfizmi» 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya, 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2372.
Ilmiy rahbarlar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Uktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosir Muxamedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atadjanov Shuxrat Kamilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar disfunksiyasi darajasiga qarab obstruktiv sariqlikning bashoratlashda TNF-α, IL-2 va IL-6 gen polimorfizmlarining o‘rnini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
obstruktiv sariqlik bilan xastlangan bemorlarning klinik, patogenetik va genetik xususiyatlari jigar etishmovchiligining jinsi, etiologiyasi, og‘irligiga va ularning klinik ko‘rinishlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
O‘zbekistonning sog‘lom populyasiyasida va obstruktiv sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda qon zardobida TNF-α, IL-2 va IL-6 gen polimorfizmlarini baholash chastotasi hamda ularning bir-biri bilan o‘zaro ta’siri asoslangan;
obstruktiv sariqlikda TNF- α G-308A o‘sima nekrozi omili alfa genining A/G genotipining sezuvchanligi, o‘ziga xosligi esa, bashoratli qiymati IL-6 C-174G genining G/G genotipining sezuvchanligi va o‘ziga xosligiga nisbatan yuqoriligi isbotlangan;
mexanik sariqlik bilan xastlangan bemorlarda TNF-α, IL-2 va IL-6 genlarining polimorfizmi, obstruktiv sariqlik rivojlanishining genetik xavf omillari, mexanik sariqlik xolestazning himoya omillari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli genezli mexanik sariqlikda gen modifikatorlar polimorfizmini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli genezli mexanik sariqlikda gen modifikatorlar polimorfizmini optimallashtirishga bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Mexanik sariqlikda gen modifikatorlarning polimorfizmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyundagi 8n-z/320-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada mexanik sariqlikda TNF-α, IL-2 va IL-6 gen polimorfizmlarining molekulyar genetik tekshiruvlar asosida kasallik kechishi bashoratlash imkoniyatlarini baholash orqali patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
turli genezli mexanik sariqlikda gen modifikatorlar polimorfizmini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli shifoxonasining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 08-36135-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi TNF- α  genining G308A geni, IL2 geni T 330G polimorfizmi va IL6 genining C-174G polimorfizmi genotip chastotalarini tahlil qilish orqali, mexanik sariqlik bilan xastalangan bemorlar guruhida genotiplarning empirik taqsimoti Xardi-Vaynberg muvozanati sharoitida nazariy jihatdan kutilganiga to‘g‘ri kelishi va uning samarali tashxisi natijasida  bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish