Isaeva Nurxon Farxatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neftning moyli fraksiyalarini gidrotozalash jarayoni uchun yangi uch metalli katalizatorini ishlab chiqish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T250.
Ilmiy rahbar: Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxab, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neftning moy fraksiyalarini gidrotozalash jarayoni uchun yangi kobal`tnikel`molibden katalizatori tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` moylarini gidrotozalash uchun kichik kristalli alyuminiy gidroksidi va dag‘al dispersli faollashtirilgan alyuminiy oksidi asosidagi big‘ovak strukturali katalizator o‘zagi olingan;
katalizator tayyorlash jarayonida o‘zak yuzasiga gidratlangan nikel` va kobal`t molibdatlarini kiritishning maqbul sharoitlari va faol sistemalarni parchalanishini bartaraf qilish sharoitlari aniqlangan;
eritmada aralash nostexiometrik kobal`tnikel`molibden birikmalari hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan va ulardagi «murakkab» oltingugurt birikmalarini gidrirlash va gidrodesulfidlash faolligi aniqlangan;
neft` moylarini gidrotozalash jarayoni uchun olingan alyumokaolinborat o‘zagi asosidagi uch metalli kobal`tnikel`molibden katalizatorini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moy fraksiyalarini gidrotozalash jarayoni uchun yaratilgan yangi uch metalli katalizator olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neftning moyli fraksiyalarini gidrotozalash jarayoni uchun katalizator tarkibi va olish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 05423, 2017). Natijada neft` fraksiyalarini gidrotozalash katalizatorlarini mahalliy xomashyolar asosida olish imkonini bergan;
neftning moy fraksiyasini gidrotozalash kobal`tnikel`molibden AKNM-3/5 katalizatorini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Tsh 19.03-009:2008). Natijada neft` fraksiyalarining gidrotozalash katalizatorlarini ishlab chiqarishga imkon bergan;
yaratilgan katalizator tarkibi va olish texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yilning 2 fevraldagi 02/12.1-17-son ma’lumotnomasi). Natijada horijdan olib kelinayotgan neft` moylarining gidrotozalash katalizatorlarini mahalliylashtirish imkonini bergan.