Tulyaganova Dildora Karimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi bemorlarida uzoq muddatli reabilitatsiya davridagi miokard remodellashuvining patogenetik, molekulyar-genetik va terapevtik jixatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib397.
.4.P Ilmiy maslahatchi: Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon To‘xtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi miokard patologik remodellashuvi va uning dinamikasini davolashning turli usullari negizida, natriyuretik peptid va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning genotiplariga bog‘liq holda yurak ishemik kasalligining barqaror shakllari bo‘lgan bemorlarni boshqarish choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub yurak ishemik kasalligi barqaror bo‘lgan bemorlarda natriyuretik peptid, interleykin-1, interleykin-6, o‘sma nekroz omili-α kodlovchi genlari minor allelining polimorfizmining tarqalishi va ishemik kardiomiopatiyaning rivojlanishiga ta’siri asoslangan;
yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda natriyuretik peptid genining minor alleli sezilarli darajada kam uchrashi va surunkali yurak etishmovchiligida (SYuE) miokarddagi kamroq aniq patologik o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
yurak ishemik kasalligi barqaror bo‘lgan bemorlarda interleykin-1, interleykin-6, o‘sma nekroz omili-α genlarining kasallik rivojlanishining molekulyar-genetik determinantlari aniqlangan hamda ular bilan miokardning yaqqol ifodalangan patologik remodellashuvilari orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
ishemik etiologiyali SYuE bor bemorlarda qo‘llanilgan endovaskulyar revaskulyarizatsiya, hamda muqobil medikamentoz terapiya usullarini fonida interleykin-1, interleykin-6 va o‘sma nekrozi omili-α minor allelli genlarining kamroq moslashuvchan remodellanish bilan assotsiatsiyada ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak-qon tomir kasalliklarining klinik-patogenetik jihatlari va genetik omillarni hisobga olgan holda davolash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
YuIK bo‘lgan bemorlarda miokard remodellashuvi jarayonlarini tashxislash natijalari asosida ishhlab chikilgan “Sitokin genlarining polimorfizmini hisobga olgan holda, YuIK bilan og‘rigan bemorlarda miokard remodellashuvi jarayonlarini tashxislashning zamonaviy usullari” mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 maydagi 8 n-r/491-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma YuIK negizida miokard remodellashuvi jarayonlarini kechishiga genetik ko‘rsatkichlarni ta’siri o‘rganish va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
YuIK bo‘lgan bemorlarda endovaskulyar miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng yurak funksiyasini tekshiruvi natijalari asosida ishlab chiqilgan “Klinik va genetik xususiyatlarni hisobga olgan holda endovaskulyar miokard revaskulyarizatsiyasidan keyin reabilitatsiya bosqichida YuIK bo‘lgan bemorlarda yurakni remodellashuv jarayonlarini bashorat qilish usuli” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyundagi 8 n-r/677-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma endovaskulyar miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng YuIK bo‘lgan bemorlarning klinik va genetik xususiyatlari asosida miokard remodellashuvini rivojlanish yo‘llarini tashxislashni imkonini bergan;
yurak ishemik kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyat bo‘limi, respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasi, Jizzax va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 8n-z/385-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilishi yurak ishemik kasalligini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish, hamda surunkali yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan bemorlarning uzoq muddatli reabilitatsiya bosqichidagi hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.