Ismoilova Muazzamxon Isroilovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichaklarining funksional holati va mikroflorasini o‘rganish, hamda davolashni muvofiqlashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2672.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdugaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 o‘tkazgan bemorlar oshqozon-ichaklarining funksional holati, mikroflorasini va ulardagi yallig‘lanish jarayonlarini ifodalanganligini baholash, hamda davolash tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 o‘tkazgan va “klinik sog‘aygan” bemorlar ichak mikroflorasi holati va Helicobacter pylori ko‘rsatkichlari baholangan; 
ichaklarda yallig‘lanish jarayoni najasda kalprotektinni (mos ravishda 112,36± 1,05 va 68.23±12.64) aniqlash orqali baholangan va COVID-19 o‘tkazgan, hamda “klinik sog‘aygan” bemorlarda uning ko‘rsatkichi nazorat guruhida nisbatan ishonchli yuqoriligi (R<0.05) aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan va “klinik sog‘aygan” bemorlarda aniqlangan oshqozon ichakdagi kasalliklarni standart va simptomatik muolajalariga gastrointestinal protektorini qo‘shish ichaklar mikroflorasini me’yorlashtirishi asoslangan;
xazm tizimi kasalliklari mavjud bemorlarda gastrointestinal protektor rebamipid qo‘llanganda ichaklardagi yallig‘lanish jarayoni, najasda kalprotektin ko‘rsatkichlari, qonda interleykin-6 kamayishi bilan ifodalangan yallig‘lanish markerlarini kamayishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichaklarining funksional holati va mikroflorasini o‘rganish hamda davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan: 
COVID-19 o‘tkazgan bemorlar oshqozon ichaklarining funksional holati, mikroflorasi va ulardagi yallig‘lanish jarayonlarini o‘rganish hamda ikkilamchi profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan  «COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichaklaridagi mikroflora holatini o‘rganish  va davolashni takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 8n-z/472-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 o‘tkazib “klinik sog‘aygan” bemorlarda saqlanish ehtimoli bo‘lgan oshqozon-ichak tizimidagi yallig‘lanish jarayonlarini erta aniqlash va bartaraf etish imkonini bergan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichaklarining funksional holati va mikroflorasini o‘rganish hamda davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi  terapiya bo‘limlariga, Farg‘ona viloyat Oltiariq tumani va Toshloq tuman tibbiyot birlashmalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 06 dekabrdagi 08/38724-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi COVID-19dan keyingi oshqozon-ichak tizimida yallig‘lanish ehtimolligini aniqlash, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga va ularning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish