Mirzaev Avazbekning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida paxtachilik tarixiga oid arxiv hujjatlarining manbashunoslik tahlili», 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar382.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov O‘ktambek, tarix fanlari doktori; Ergashev Shuhratbek, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan, mustamlakachilik davrda Farg‘ona vodiysida paxtachilik tarixi masalalari yoritilgan fondlarni aniqlash, ulardagi manbalarni tasniflash, tarixiy-manbashunoslik nuqtai nazaridan hujjatlardagi ma’lumotlarni taqqoslash orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkistonda paxtachilik davlat nazoratiga olinishi hamda bu sohada faoliyat yuritgan tadbirkor-fermerlarning monopoliyaga duchor bo‘lishi natijasida mazkur tarmoq o‘lka ma’muriy boshqaruvi, bank-moliya idoralari, davlat va monopol kompaniyalar qo‘liga o‘tganligi ish yuritish hujjatlari orqali ochib berilgan;
paxtachilik tarmog‘i markazlashtirilishi oqibatida ma’muriy tizimlarda amalda bo‘lgan ish yuritish tizimiga aloqador hujjatlar qonun o‘rnatuvchi va hisobot taqdim etuvchi xususiyatlarga ajratilganligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida tashkil etilgan, paxtachilikka ixtisoslashgan o‘ndan ortiq tajriba maydonlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari, o‘lka ma’muriyatiga rasmiy hisobot shaklida topshirilishi yo‘lga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu ma’lumotlar manbashunoslik nuqtai-nazaridan ilmiy muomalaga kiritilgan;
paxtachilikka oid arxiv hujjatlarining manbaviy ahamiyati hisobot taqdim qiluvchi (hisobot (vsepodd. vedomost` (axborotnoma), ma’ruza (doklad), xabar (donesenie), ma’lumot (svedenie), raport, axborot taqdim qiluvchi (jurnal, vedomost`), nizom (ustav) va loyihalar (proekt); farmoyish beruvchi (sirkulyar, xat, telegramma), kelishuv (shartnoma, dalolatnoma, akt) hamda murojaat (murojaat (otnoshenie), iltimosnoma (proshenie) xarakteridagi hujjatlarga tasniflangan holda ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Farg‘ona vodiysida paxtachilik tarixiga oid arxiv hujjatlarining manbashunoslik tahlili» mavzusidagi fan doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan doktorlik dissertatsiyasi natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Turkistonda paxtachilik davlat nazoratiga olinishi hamda bu sohada faoliyat yuritgan tadbirkorlarning monopoliyaga duchor bo‘lishi natijasida mazkur tarmoq o‘lka ma’muriy boshqaruvi, bank-moliya idoralari, davlat va monopol kompaniyalar qo‘liga o‘tganligini ko‘rsatuvchi ish yuritish hujjatlari haqidagi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Andijon viloyat teleradiokompaniyasida berib borilgan “Andijon tomonlarda” va “Tarix sahifalari”, shuningdek, “O’zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 5 noyabrdagi 20-24/751-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 yanvardagi 02-40-92-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar soha vakillarini Farg‘ona vodiysida paxtachilik tarixi, sohani rivojlantirish agrotexnikasi hamda zararkurandalarga qarshi kurashning mahalliy an’analari bilan tanishtirish imkonini bergan;
paxtachilik tarmog‘i markazlashtirilishi oqibatida ma’muriy tizimlarda amalda bo‘lgan ish yuritish tizimiga aloqador hujjatlar qonun o‘rnatuvchi va hisobot taqdim etuvchi xususiyatlarga ajratilganligi haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Norin-Qoradaryo irrigatsiya tarmog‘i tarixi hamda suv havzasining o‘tmishdagi faoliyatini o‘rganishda joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 03-20/650-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Farg‘ona vodiysida paxtachilikni rivojlantirishda mahalliy sug‘orish tajribalaridan foydalanilgan;
Farg‘ona vodiysida tashkil etilgan, paxtachilikka ixtisoslashgan o‘ndan ortiq tajriba maydonlarida olib borilgan tadqiqotlar hamda ilmiy izlanishlar natijalari, o‘lka ma’muriyatiga rasmiy hisobot shaklida topshirilishi yo‘lga qo‘yilganligi haqidagi ilmiy natijalar paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi tarixiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish va uning ekspozisiyalarini ilmiy asoslashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 05/04-04-525-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Andijon paxtachilik tajriba uchastkasida yangi paxta navlari sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar tarixini yoritishda muhim asos vazifasini bajargan;
Paxtachilikka oid arxiv hujjatlarining manbaviy ahamiyati hisobot taqdim qiluvchi (vsepodd. vedomost`), ma’ruza (doklad), xabar (donesenie), ma’lumot (svedenie), raport; axborot taqdim qiluvchi (jurnal, vedomost`); nizom (ustav) va loyihalar (proekt); farmoyish beruvchi (sirkulyar, xat, telegramma); kelishuv (shartnoma, dalolatnoma, akt) hamda murojaat (otnoshenie), iltimosnoma (proshenie) xarakteridagi hujjatlarga tasniflangan haqidagi ilmiy natijalardan Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyida Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Farg‘ona vodiysida paxtachilik tarixi va taraqqiyotiga oid ekspozisiyalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 01-12-10-5662-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan xulosalar mintaqada paxtachilik taraqqiyotiga oid muammolarni ilmiy dalillar hamda rasmiy hujjat va foto materiallar shaklida vizual taqdimotlar bilan asoslashda xizmat qilgan.