Askarov Abror Davlatmirzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmentini integratsiyalashgan mexanizmlar asosida takomillashtirish»,
13.00.07-Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped367.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Maraximov Avaz Raximovich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi, DSc.03/29.10.2021.ped.140.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Botir Shukurullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Galimov Almaz Mirzanurovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmentini integratsiyalashgan mexanizmlar asosida takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasida ichki monitoring tizimining tashkiliy tuzilmasi sifat nazorati parametrlari va indikatorlari asoslarining o‘zaro ta’sirlashuv grafigini tuzish hamda faoliyat tiplariga (jamlash, baholash, istiqbollashtirish, siklik) oid funksiyalar taqsimotini kiritish asosida takomillashtirilgan;
strategik rivojlantirish dasturi va boshqaruv qarorlarini optimallashtirish jarayonlari dizayn-tafakkur yondashuviga mos ravishda ta’lim-tadqiqot xizmatlaridan manfaatdor tomonlarning ichki ehtiyojlarini tushunish, o‘rganish va innovatsion g‘oyalarni yaratish bosqichlari (empatiya, fokusirovka, g‘oyalar generatsiyasi, prototiplash, sinov) mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ob’ektga nisbatan berilgan lingvistik tavsiflarni qat’iy miqdoriy qiymatlarga o‘tkazish qoidalarini tanlashning algoritmik prinsiplarini (oraliq qiymatlar mosligi, katta elementlar ustunligi, chiqish elementiga moslik, ekspert xulosasi) belgilash asosida ta’lim sifatini baholash bosqichlari uchun fazzi-texnologiyalari usuli modifikatsiyalashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasida ta’lim parametrlarini prognozlash mexanizmi sifat nazorati yo‘nalishlarini tashkil etuvchi o‘zaro aloqador indikatorlar xususiyatlari va ta’sirlashuviga ko‘ra olingan aksiomatik xulosalarga ustuvorlik berish asosida modellashtirilgan;
professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini baholash texnologiyasi ehtiyojlar piramidasiga (ierarxiya, rag‘bat, maqsad) ko‘ra innovatsion-integral tadqiqot loyihalari mazmunini (shaxsiy KPI, reputatsiya, kompetensiya, qo‘shimcha ustuvorlik) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmentini integratsiyalashgan mexanizmlar asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasasida ichki monitoring tizimining tashkiliy tuzilmasi, sifat nazorati parametrlari va indikatorlari asoslarining o‘zaro ta’sirlashuv grafigi, faoliyat tiplari (jamlash, baholash, istiqbollashtirish, siklik)ga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4358-son «2019-2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari»ning 2-komponentini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 89-4-343-son ma’lumotnomasi). Mazkur komponent «2019-2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini kompleks rivojlantirish dasturi» doirasida o‘quv reja va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini optimizatsiyalashga xizmat qilgan;
strategik rivojlantirish dasturi va boshqaruv qarorlarini optimallashtirish jarayonlari, dizayn-tafakkur yondashuviga mos ravishda ta’lim-tadqiqot xizmatlaridan manfaatdor tomonlarning ichki ehtiyojlarini tushunish, o‘rganish va innovatsion g‘oyalarni yaratish bosqichlari (empatiya, fokusirovka, g‘oyalar generatsiyasi, prototiplash, sinov) mazmuniga oid takliflari UNICEF va Kolumbiya universiteti hamkorligida bajarilgan «O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida ijtimoiy ish sohasi kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish» loyihasini (2017-2021 yy.) amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 89-4-343-son ma’lumotnomasi). Loyiha natijalari oliy ta’lim muassasalari faoliyatini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
pedagogik ob’ektga nisbatan berilgan lingvistik tavsiflarni qat’iy miqdoriy qiymatlarga o‘tkazish qoidalarini tanlashning algoritmik prinsiplari, ta’lim sifatini baholash bosqichlari uchun fazzi-texnologiyalari usulini modifikatsiyalash, ta’lim parametrlarini prognozlash mexanizmi, sifat nazorati yo‘nalishlarini tashkil etuvchi o‘zaro aloqador indikatorlar xususiyatlari va ta’sirlashuvi, aksiomatik xulosalarga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 03-07-102-son ma’lumotnomasi). Mazkur nizom asosida respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari reytingini belgilash tartibi joriy etilib, ta’lim sifati parametrlarini baholash va natijalarni umumlashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan;
professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini baholash texnologiyasi, ehtiyojlar piramidasiga (ierarxiya, rag‘bat, maqsad) ko‘ra innovatsion-integral tadqiqot loyihalari mazmuni (shaxsiy KPI, reputatsiya, kompetensiya, qo‘shimcha ustuvorlik)ga oid taklif va tavsiyalar 8210174012-«Supporting competency-Based Teacher Training Reforms to Facilitate ICT-Pedagogy Integration» (2017-2019 yy.) loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (UNESCO Toshkent ofisining 2022 yil 22 avgustdagi CM-FU-TAS-2022-007147-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida uzluksiz ta’lim tizimida pedagog kadrlarning kompetentligiga qo‘yiladigan talablar belgilangan, «O‘zbekistonda o‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha qo‘llanma» ishlab chiqilgan.