Olimov Muxsinbek Sotivoldievich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yugurish turlarida engil atletikachi talabalarni tayyorlashning ilmiy pedagogik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped73.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped28.01.
Ilmiy maslahatchi: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Zotova Firuza Raxmatullovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yugurish turlarida engil atletikachi talabalarning kompleks tayyorgarligini ilmiy pedagogik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportichlarni startdan chiqish reaksiyasi ishlab chiqilgan mobil elektron startyor uskunasi yordamida har xil vaqt oralig‘ida turli start buyruqlari va signallarini qo‘llash hisobiga startdan chiqish texnikasi takomillashtirilgan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchi talaba-sportchilarning funksional va texnik tayyorgarligini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan “ko‘p bo‘g‘imli pamping” (qisqa masofaga yugurishda katta amplitudada, o‘rta masofaga yugurishda o‘rtacha amplitudada, uzoq masofaga yugurishda kichik amplitudada tana a’zolarini bukib yozish majmuali mashqlari) kompleks usulini qo‘llash hisobiga talaba-sportchilarning yugurish kadensi optimallashtirilib tejamli energiya sarfi va yugurish tempini o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchi talaba-sportchilar uchun sport toifasidan kelib chiqib tayyorgarlikning turli bosqichlarida belgilangan masofani turli tezlikda yugurib o‘tishda vaqt bilan masofani (his qilish) belgilab berish hisobiga taktik tayyorgarlik darajasini takomillashtirilgan;
o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni yillik tayyorgarlik bosqichlari va davrlarida aerob, aerob-anaerob, anaerob yuklamalarni turli mikrotsikllarda submaksimal va maksimal zonalarda rejalashtirish keyingi mikrotsiklda regressiv-passiv nisbatda yuklamalarni optimallashtirish hisobiga yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari takomillashtirilgan;
turli masofalarga yuguruvchilarning sport toifa darajasini inobatga olib, joriy, oraliq, musobaqaoldi va musobaqa davrlaridagi ko‘rsatkichlari asosida keyingi bosqichga o‘tish imkonini beruvchi pedagogik nazorat qilish (qisqa masofaga yuguruvchilar uchun tezkor-kuch, o‘rta masofaga yugurishda tezkor-chidamlilik, uzoq masofalarga yuguruvchilarga maxsus chidamliligini baholash) turlarini mashg‘ulotga kiritish hisobiga talaba-sportchilar yuklamalarini boshqarish va sport natijalarini bashorat qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchi talaba-sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish mashg‘ulotlarida ishlab chiqilgan kompleks (jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi taqib qiluvchi yugurish, almashlash, o‘zgaruvchan va takroriy dam olish oraliqli usullarni me’yorlashtirish) mashqlar majmuasini qo‘llash hisobiga tayyorgarlik darajasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil atletikachi talaba sportchilarni kompleks tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qisqa masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni startdan chiqish reaksiyasi ishlab chiqilgan mobil elektron startyor uskunasi yordamida har xil vaqt oralig‘ida turli start buyruqlari va signallarni qo‘llash bo‘yicha takliflar «Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari (Engil atletika)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-316 raqamli guvohnoma). Natijada qisqa masofaga yuryruvchilarni startdan chiqish reaksiyasi tezligi 5,9%ga, qadamlar uzunligi va chastotasi rivojlanish hisobiga sport natijasi 5,3% ga yaxshilangan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchi talaba-sportchilarni funksional va texnik tayyorgarligini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan “ko‘p bo‘g‘imli pamping” kompleks usulini qo‘llash metodikasi O‘zDJTSU engil atletika ixtisosligi talabalarining Sport pedagogik mahoratini oshirish fanini o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 06-13/2850 – son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni tezkor chidamliligi 8,8 % ga, umumiy chidamlilik 5,7%,uzoq masofalarga yuguruvchilarda 12,5 % ga natija o‘sishi ta’minlagan;
o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni yillik tayyorgarlik bosqich va davrlarida aerob, aerob-anaerob, anaerob yuklamalarni turli mikrotsikllarda submaksimal va maksimal zonalarda rejalashtirish keyingi mikrotsiklda regressiv-passiv nisbatda yuklamalarni taqsimlanishini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Sport pedagogik mahoratini oshirish (Engil atletika)» nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-298 raqamli guvohnoma). Natijada qisqa masofalarga yuguruvchilarning stardan chiqish raksiyasi tezligi 5,9% ga yaxshilangan;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchi talaba-sportchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish mashg‘ulotlarida ishlab chiqilgan kompleks mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha takliflar «Engil atletika nazariyasi va uslubiyati» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-279 raqamli guvohnoma). Natijada 800m masofaga yugurishda 7,8 % ga ,5000m masofaga yugurishda 12,5 % erishilgan;
yugurish masofalari uchun toifa darajasidan kelib chiqib mashg‘ulotda joriy, oraliq, musobaqa oldi va musobaqa ko‘rsatkichlari asosida keyingi bosqichga o‘tish imkonini beruvchi nazorat qilish shkalasini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulotlar va musobaqalarda talaba-sportchilarni boshqarish va natijalarini oldindan bashorat qilish imkoniyati kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar O‘zDJTSU engil atletika ixtisosligi talabalarining Sport pedagogik mahoratini oshirish fanini o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 06-13/2850 – son ma’lumotnomasi). Natijada qisqa masofaga yugurishda 5,3% ga ,800 m masofaga yugurishda 7,7 % ga 1500 m masofaga yugurishda 11,5% ga uzoq masofaga 12,5% ga natijalar o‘sishiga erishilgan;
o‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchi talaba-sportchilarni uchun yugurish ma’romini almashtirish, o‘zgaruvchan-fartlek va takroriy dam olish oraliqli usullarni qo‘llash bo‘yicha takliflar «Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari (Engil atletika)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-316 raqamli guvohnoma).Natijada 60 m masofaga yugurishda7,5 % ga 1500 m masofaga yugurishda 8,5% ga 3000 m masofaga 9,2% ga natijalar o‘sgan.