Raxmatova Dilnoza Nigbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-16 yoshli o‘smir sportchilarda chidamlilikni shakllantirishning ilmiy-metodologik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ped162.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy maslahatchi: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kuchkarov Atabek Axmatvaevich,  pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarda chidamlilikni rivojlantirish vositalari va usullaridan foydalanish samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarda chidamlilik sifatini rivojlantirishda mashqlarni bajarish (vaqti, takrorlashlar soni) me’yorlari shug‘ullanuvchilar jismoniy holatiga qarab va tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar (o‘z-o‘zini nazorat qilish) hisobiga mashg‘ulot shiddat zonalari bo‘yicha vosita va usullardan foydalanish mexanizmlari takomillashtirilgan;
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarda chidamlilikni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tezkor yugurish ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida turli tayyorgarlik (boshlang‘ich) bosqichlaridagi fiziologik rejimning o‘zgarish darajalari hamda (10 dan 1 gacha) baholash shkalalari takomillashtirilgan;
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarning integral tayyorgarligini o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida harakatlarga o‘rgatishning ravon va oraliqli (tanaffusli)  usullarini qo‘llash hisobiga umumiy va maxsus chidamlilikni belgilovchi shiddatning eng katta ko‘rsatkichi aniqlangan;
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida aerob chidamlilikni rivojlanish sur’atlarini kuchaytiruvchi nafas olish jarayonlarini (o‘pkaning tiriklik sig‘imi) maksimal kattaliklargacha kengayish tezligini oshirish vositalarini qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilar organizmining individual moslashish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘rta va uzoq masofaga yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarda chidamlilikni rivojlantirish uchun harakat hususiyatlari, takrorlashlar soni, ularni bajarish sur’atlari, mashqlar shiddatini me’yorlash orqali harakatli o‘yinlar yordamida chidamlilik sifatini rivojlantirish hisobiga  yillik (tortuvchi va rivojlantiruvchi) sikllardagi sport mashg‘ulotlari  yuklamalari optimallashtirilgan;
o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchilarning anaerob imkoniyatlarini oshirish uchun energiya manbasining ishlash faoliyatini maksimal faollashtirish bilan birga olib boriladigan hamda yuguruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish uchun samarali hisoblangan oraliqli mashg‘ulotni qo‘llash hisobiga maxsus chidamlilik rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilar chidamliligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini pedagogik tadqiq qilish davomida olingan natijalar asosida:
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarda  chidamlilik sifatini rivojlantirishda mashqlar bajarish me’yorlari (shug‘ullanuvchilar jismoniy holatiga qarab) va tashkiliy-metodik  ko‘rsatmalar borasidagi takliflar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 20 dekabrdagi 484-son buyrug‘iga  asosan  484-006 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘smir sportchilarni engil atletikaning yugurish turlari bilan shug‘ullanishga saralash va tanlab yo‘naltirish imkoniyatlari 14-16%ga yaxshilangan; 
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarda chidamlilikni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tezlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya zahiralari markazlari engil atletikachilarining o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari hamda musobaqa jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi 06-01/06/13/5432-son ma’lumotnomasi). Natijada, engil atletika mashg‘ulotlarida chidamlilik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari 14.4% ga yaxshilangan;
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarning integral tayyorgarligini o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida harakatlarga o‘rgatishning ravon va oraliqli (tanaffusli)  usullarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va paralimpiya zahiralari markazlari engil atletikachilarining o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari hamda musobaqa jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi 06-01/06/13/5432-son ma’lumotnomasi). Natijada, engil atletika mashg‘ulotlarida shiddat ko‘rsatkichlari 14.2% ga yaxshilangan;
yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarning o‘quv-trenirovka jarayonida aerob chidamlilikning rivojlanish sur’atlarini kuchaytiruvchi nafas olish jarayonlarini (o‘pkaning tiriklik sig‘imi) maksimal kattaliklargacha kengayish tezligini oshirish vositalarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya zahiralari markazlari engil atletikachilarining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi 06-01/06/13/5432-son ma’lumotnomasi). Natijada, yugurishga ixtisoslashgan yuqori mahoratga ega va istiqbolli engil atletikachi sportchilarni tayyorlash imkoniyatlari 12,8% ga oshgan;
o‘rta va uzoq masofaga yugurishga ixtisoslashgan 10-16 yoshli engil atletikachi o‘smir sportchilarda chidamlilikni rivojlantirish uchun harakat hususiyatlari, takrorlashlar soni, ularni bajarish sur’atlari va shiddati  bo‘yicha takliflar Oliy sport mahorati maktabining engil atletika bo‘limi sportchilari o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi 06-01/06/13/5432 -son ma’lumotnomasi). Natijada, shug‘ullanuvchilarning aerob chidamlilik qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari 11,2% ga yaxshilangan;
o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchilarning anaerob imkoniyatlarini oshirish uchun energiya manbasining ishlash faoliyatini maksimal faollashtirish bilan birga olib boriladigan hamda yuguruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish uchun samarali hisoblangan oraliqli mashg‘ulotni qo‘llash bo‘yicha takliflar Chirchiq olimpiya va paralimpiya zahiralari markazlari engil atletikachilarining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi 06-01/06/13/5432-son ma’lumotnomasi). Natijada, shug‘ullanuvchilarning anaerob chidamlilik qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari 18% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish