Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Musobaqa faoliyatini tahlil qilish asosida taekvondochilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped840.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Adilov Sarvar Qahramanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 12-14 yoshli taekvondochilarning texnik-taktik tayyorgarligini musobaqa faoliyati asosida ishlab chiqilgan vosita va usullar yordamida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh taekvondochilarning egiluvchanlik sifatini rivojlanish xususiyatini inobatga olib ishlab chiqilgan “PLA FLEXIBLE” sport uskunasida bajariladigan mashqlar asosida tos-son bo‘g‘imlar harakatchanligi darajasini aniqlash hamda sonning orqa mushaklarini passiv cho‘zish hisobiga oyoq zarbalarni jang davomidagi asosiy turish holatiga muvofiq holda bajarish imkoniyati kengaytirilgan;
taekvondoda hujum qilish texnikasining yetakchi elementlarini inobatga olib oyoq bilan zarba yo‘llashning har bir fazasi bo‘yicha bajariladigan harakatlarga mos ishlab chiqilgan “Maxsus fazali mashqlar” (bir oyoqda sakrab tizzani gavdaga tekkazish, rezina yordamida “tulyo chagi”ni tizzani yig‘gan holda bajarish, oyoqga og‘irlikni taqib, to‘g‘ridan maksimal ko‘tarib tushurish, oyoqni yondan bel va bosh qism darajasi oralig‘ida ko‘tarib tushurish, rezina bilan oyoqni havoda yondan ochib yig‘ish) ni mashg‘ulot jarayonida yakka va juftlikda bajarish hisobiga texnik harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyati oshirilgan;
yosh taekvondochilarning individual xususiyatlarini yuzaga chiqarishda musobaqa sharoitida maksimal darajada samarali bo‘lgan yaxlit texnik harakatlarni birlashtirishga qaratilgan “integral mashg‘ulot texnologiyasi” ni ishlab chiqish hisobiga texnik-taktik harakatlarni bellashuvlarda qo‘llash samaradorligi oshirilgan;
yosh taekvondochilarning musobaqa faoliyatidagi hujum va himoya harakatlarini takomillashtirish uchun jang davomida taekvondochilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan muvaffaqiyatli harakatlar bo‘yicha ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlar asosida katta amplitudali oyoq harakatlar (protektorga va shlemga bir harakatda ikki va undan ortiq zarba berish, oyoqni baland ko‘targan holda havoda uzoq vaqt ushlab turish, tana va bosh qismga oyoqni turlicha og‘irlikda va har xil tezlikda yo‘naltirish)ni mashg‘ulotga kiritish hisobiga asosiy musobaqalarga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musobaqa faoliyatini tahlil qilish asosida taekvondochilarning texnik-tatik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
yosh taekvondochilarning tos-son bo‘g‘imlar harakatchanligi darajasini aniqlash hamda sonning orqa mushaklarini passiv cho‘zishga yo‘naltirilgan “PLA FLEXIBLE” sport uskunasida bajariladigan mashqlar majmuasi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilarining mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 03-17-02/11250-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh taekvondochilarning oyoq zarbalarni jang davomidagi asosiy turish holatiga muvofiq holda bajarish imkoniyati 19% ga yaxshilangan;
taekvondoda hujum qilish texnikasining yetakchi elementlarini inobatga olib oyoq bilan zarba yo‘llashning har bir fazasi bo‘yicha bajariladigan harakatlarga mos ishlab chiqilgan “maxsus fazali mashqlar” majmuasi Respublika o‘smirlar oliy sport mahorat maktabi o‘quvchilarining mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 03-17-02/11250-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyati 17% ga oshgan;
yosh taekvondochilarning individual xususiyatlarini yuzaga chiqarishda musobaqa sharoitida maksimal darajada samarali bo‘lgan yaxlit texnik harakatlarni birlashtirishga qaratilgan “integral mashg‘ulot texnologiyasi” Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilarining mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 03-17-02/11250-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik-taktik harakatlarni bellashuvlarda qo‘llash samaradorligi 17%ga yaxshilangan. Shuningdek, 1 nafar jahon chempioni, 3 nafar xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindorlari va 7 nafar O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlari etishib chiqgan.
yosh taekvondochilarning musobaqa faoliyatida ko‘p qo‘llaniladigan muvaffaqiyatli texnik-taktik xarakatlarni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Taekvondo nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17-martdagi 106-son buyrug‘iga asosan berilgan 106-010 raqamli guvohnomasi). Natijada harakat faolligi 15% ga oshgan.