Sayt test rejimida ishlamoqda

Egamnazarov Murod Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish tizimi”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1553.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika institutida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Holboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari  doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi  shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari vositasida talabalarda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-emperik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari vositasida rivojlantirish tizimi nazariy-empirik asoslarga ko‘ra aniqlanib, uning kirishuvchanlik, ichki bilish jarayoni, refleksiv darajasi interfaol dialog asosida aniqlashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish tizimi kasbiy yo‘nalganlikka ustuvorlik berish, shaxsiy qiziqishlar, qadriyatli munosabatlar, aksiologik yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish shart-sharoitlari va meexanizmlari “Partisipativ dialog”, “Ringdagi vaziyat” usullarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari orqali talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘zaro hamkorlik, bir-birini tushunish, qadriyatli munosabatlar doirasini kengaytirish asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish tizimi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari vositasida talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish nazariy-empirik asoslarga tayangan holda aniqlanib, uning motivatsion, kognitiv, refleksiv darajasi interfaol dialog asosida aniqlashga oid ma’lumotlar A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 3-mart 02-07-621/04-son dalolatnomasi). Natijada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari vositasida talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish tizimi kasbiy yo‘nalganlikka ustuvorlik berish, shaxsiy qiziqishlar, qadriyatli munosabatlar, aksiologik yondashuvlarga tayangan holda takomillashtirishga mo‘ljallangan takliflardan 
A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 3 martdagi 02-07-621/04-son dalolatnomasi). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni, shakllari, vositalari va mexanizmlariga oid bilimlarni kengaytirishga erishilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari vositasida talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etish yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar va ulardan foydalanish mexzanizmlarini pedagogik amaliyotga joriy qilish natijalardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 3 martdagi 02-07-621/04-son dalolatnomasi). Natijada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish